Ochiq osmon ostidagi muzey: “Yangiobod” bozori nimasi bilan mashhur?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda joylashgan “Yangiobod” bozori bugun ko‘plab turistlarning diqqatini tortmoqda.
Ushbu bozor - kundalik anjomlardan tortib noyob eksponatgacha topilishi mumkin bo‘lgan antiqa joy.
U yerda mebellar, kitoblar, yozuvlar, shisha idishlar, antiqa zargarlik buyumlari va boshqa bugun ishlab chiqarilmaydigan yoki bitta nusxada saqlanib qolgan buyumlar ham sotiladi. Bunday kamob buyumlar uchun bozorga butun dunyodan kolleksionerlar ham tashrif buyurishadi.

Bozorda savdo qiluvchi Abdurashid Madbabayevning aytishicha, haridorlar asosan retro buyumlarni qidirib, aynan shu yerga kelishadi.

Odamlar bu yerga nafaqat xarid qilish, balki atmosfera va hatto ilhom olish uchun ham kelishadi. Bozordagi sotuvchilar tarixiy buyumlar tannarxi va tarixini juda yaxshi bilishadi.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0