https://oz.sputniknews.uz/20250718/putin-erdogan-bilan-telefon-orqali-muloqot-qildi-50649971.html
Putin va Erdog‘an telefon suhbati o‘tkazdi
Putin va Erdog‘an telefon suhbati o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Turkiya prezidentlari Ukraina tinchlik muzokaralarini hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi. 18.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-18T21:04+0500
2025-07-18T21:04+0500
2025-07-18T21:05+0500
rossiya
turkiya
ukraina
telefon suhbati
rejep tayyip erdog‘an
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/04/38555941_0:0:3052:1717_1920x0_80_0_0_98899d0c1566a0fabd8a73d3ed330d99.jpg
TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati. Asosiy fikrlar:Yakshanba kuni qurolli to‘dalar Suriya janubidagi Suvayda viloyatidagi druzlar yashaydigan aholi punktlariga hujum qildi. Chorshanba kuni Suriya Ichki ishlar vazirligi SAR qurolli kuchlari va qurolli guruhlar o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Shu kuni Arab Respublikasi Mudofaa vazirligi kuchlari u yerda joylashgan xavfsizlik kuchlarini shahardan olib chiqishni boshladi.Putin va Erdo‘g‘an barcha masalalarda aloqani davom ettirishga kelishib oldilar.Hafta boshida matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya muzokaralarning uchinchi raundiga tayyor ekanligini, lekin Kiyevdan hali hech qanday taklif kelib tushmaganini ta’kidalagan edi.Tomonlar Istanbulda ikki uchrashuv o‘tkazdi. Ularning natijasi asirlar almashinuvi bo‘ldi, Ukraina Qurolli Kuchlarining halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining jasadlari Ukrainaga topshirildi. Moskva va Kiyev, shuningdek, mojaroni hal qilish bo‘yicha memorandumlar loyihalari almashdi.
turkiya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/04/38555941_268:0:2999:2048_1920x0_80_0_0_7048c5512ec92d3d4eb1ec66dec19b6a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, turkiya, ukraina, telefon suhbati, rejep tayyip erdog‘an, vladimir putin
rossiya, turkiya, ukraina, telefon suhbati, rejep tayyip erdog‘an, vladimir putin
Putin va Erdog‘an telefon suhbati o‘tkazdi
21:04 18.07.2025 (yangilandi: 21:05 18.07.2025) Rossiya va Turkiya prezidentlari Ukraina tinchlik muzokaralarini hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati. Asosiy fikrlar:
Putin Ukraina mojarosini siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi;
Rossiya prezidenti Istanbulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya-Ukraina muzokaralarini o‘tkazishga tayyorligi uchun Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi;
Prezidentlar Yaqin Sharqdagi voqealarni, jumladan Suriyadagi vaziyatning keskinlashuvini muhokama qildilar;
Ular o‘zaro muloqot va milliy konsensusni mustahkamlash asosida Suriyada vaziyatni tezda barqarorlashtirish muhimligini ta’kidladilar;
Yakshanba kuni qurolli to‘dalar Suriya janubidagi Suvayda viloyatidagi druzlar yashaydigan aholi punktlariga hujum qildi. Chorshanba kuni Suriya Ichki ishlar vazirligi SAR qurolli kuchlari va qurolli guruhlar o‘rtasidagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Shu kuni Arab Respublikasi Mudofaa vazirligi kuchlari u yerda joylashgan xavfsizlik kuchlarini shahardan olib chiqishni boshladi.
Putin va Erdo‘g‘an barcha masalalarda aloqani davom ettirishga kelishib oldilar.
Hafta boshida matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya muzokaralarning uchinchi raundiga tayyor ekanligini, lekin Kiyevdan hali hech qanday taklif kelib tushmaganini ta’kidalagan edi.
Tomonlar Istanbulda ikki uchrashuv o‘tkazdi. Ularning natijasi asirlar almashinuvi bo‘ldi, Ukraina Qurolli Kuchlarining halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarining jasadlari Ukrainaga topshirildi. Moskva va Kiyev, shuningdek, mojaroni hal qilish bo‘yicha memorandumlar loyihalari almashdi.