https://oz.sputniknews.uz/20250718/karxona-tunkat-suyurlitepa-toshkent-viloyati-arxeologik-kashfiyotlar-50650677.html
Karxona, Tunkat va Suyurlitepa: Toshkent viloyatidagi arxeologik kashfiyotlar
Karxona, Tunkat va Suyurlitepa: Toshkent viloyatidagi arxeologik kashfiyotlar
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida tarixiy-arxeologik yodgorliklar o‘rganilmoqda. Ular orasida Karxona g‘or xonalari ham mavjud.Bu yodgorlik mintaqadagi yirik nasroniy obidalardan biri sanaladi. Bu joyni ilk bor 1934-yilda arxeolog Mixail Masson batafsil tavsiflagan.
2025-07-18T23:30+0500
2025-07-18T23:30+0500
2025-07-18T23:51+0500
video
tarix
arxeologik topilma
o‘zbekiston
toshkent viloyati
tarixiy yodgorlik
metallurgiya
ohangaron tumani
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/12/50630040_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_7ed883d81eb7e515238c7cf9645c98e6.jpg
Bu yodgorlik mintaqadagi yirik nasroniy obidalardan biri sanaladi. Bu joyni ilk bor 1934-yilda arxeolog Mixail Masson batafsil tavsiflagan.Ushbu tepalik hududida Tunkat shaharchasi joylashgan. U o‘tmishda metallurgiyaning asosiy markazi bo‘lgan. Tunkat Ohangaron tumanida joylashgan.Noma’lum sabablarga ko‘ra, Tunkat XII asrda yo‘q bo‘lib ketgan.Yana bir qadimiy shahar — Suyurlitepa. Uni ilk bor 1960-yilda akademik Yuriy Burakov tavsiflagan.Bugun bu yerda qabrlardan biri o‘rganilmoqda. Qazishmalardan ma’lum bo‘ldiki, marhumlar bilan birga ular hayotligida foydalangan turli buyumlar dafn etilgan. Bu hududda odamlar eramizning III-IV asrlaridan to XIII asr boshlarigacha yashagan. Ayrim ashyolar Olmaliq shahridagi “Metallurg” MSning arxeologiya muzeyida saqlanmoqda.Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida ko‘ring.
o‘zbekiston
ohangaron tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/12/50630040_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_983cce3c83acfd0c702673bb99df688e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
karxona tunkat suyurlitepa toshkent viloyati arxeologik kashfiyotlar
karxona tunkat suyurlitepa toshkent viloyati arxeologik kashfiyotlar
Karxona, Tunkat va Suyurlitepa: Toshkent viloyatidagi arxeologik kashfiyotlar
23:30 18.07.2025 (yangilandi: 23:51 18.07.2025) Eksklyuziv
Toshkent viloyatida tarixiy-arxeologik yodgorliklar o‘rganilmoqda. Ular orasida Karxona g‘or xonalari ham mavjud.
Bu yodgorlik mintaqadagi yirik nasroniy obidalardan biri sanaladi. Bu joyni ilk bor 1934-yilda arxeolog Mixail Masson batafsil tavsiflagan.
“Bu yerda duolar o‘qilgan, Navro‘z nishonlangan va u bu yerda bir oydan ortiq yashab, batafsil o‘rgangan. Bu yerda jami 18 ta xona bor. Tepalikda xonalar turli asrlar davomida qazilgan. Karxona qurilishida faqat tuproqdan foydalanilgan. Ichini esa gips bilan qandaydir usulda suvoq qilishgan. Bu ichki devorlarni saqlab qolish imkonini bergan. Bugungi kunda bu joyga sayyohlar keladi”, - deydi professor Abdurashid Hasanov.
Ushbu tepalik hududida Tunkat shaharchasi joylashgan. U o‘tmishda metallurgiyaning asosiy markazi bo‘lgan. Tunkat Ohangaron tumanida joylashgan.
“Bu joylarda kumush va mis qazib olingan. U yerda juda katta metallurgiya pechlarining izlari saqlanib qolgan”, - deydi O‘zR FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Ubaydulla Ismoilov.
Noma’lum sabablarga ko‘ra, Tunkat XII asrda yo‘q bo‘lib ketgan.
“Buning sabablari haqida olimlar haligacha turli taxminlar qiladi. Ba’zilar bu konlarda xomashyo tugab qolganligini va metallga ishlov beruvchi odamlar bu yerlarni tark etishgan, degan fikrni bildirishadi”, - deydi Ubaydulla Ismoilov.
Yana bir qadimiy shahar — Suyurlitepa. Uni ilk bor 1960-yilda akademik Yuriy Burakov tavsiflagan.
“Bu yerda ibodatxona topilgan. Bir joyda mehrob, ya’ni doimo olov yonib turadigan joy aniqlangan, chunki bu yerda otashparastlar yashagan va ular muayan joyda olov yoqishgan. Ilk o‘rta asrlarda din, xususan otashparastlikning ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lgan”, - dedi Ubaydulla Ismoilov.
Bugun bu yerda qabrlardan biri o‘rganilmoqda. Qazishmalardan ma’lum bo‘ldiki, marhumlar bilan birga ular hayotligida foydalangan turli buyumlar dafn etilgan. Bu hududda odamlar eramizning III-IV asrlaridan to XIII asr boshlarigacha yashagan. Ayrim ashyolar Olmaliq shahridagi “Metallurg” MSning arxeologiya muzeyida saqlanmoqda.
Batafsil
Sputnik O‘zbekiston videosida ko‘ring.