Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini kiritdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
/ Obuna bo‘lish
Yangi sanksiyalar Rossiya nefti savdosini va Rossiya banklari bilan aloqalarni yanada cheklashga qaratilgan.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. YeI Kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketini ma’qulladi, dedi Ittifoqning tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakili Kaya Kallas.
Yangi sanksiyalar paketi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
14 nafar jismoniy va 41 nafar yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar;
Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi 60 dollardan 47,6 dollarga tushirildi;
Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari importi taqiqlanadi, bundan AQSh va yana 4 davlat mustasno;
Chexiyaga Rossiya neftini import qilish ruxsatnomasi bekor qilinadi;
YeI Rossiyaning bir qator banklari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqlaydi;
YeI Rossiyaning To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan har qanday operatsiyalarni taqiqlaydi;
YeI "Shimoliy oqim" va "Shimoliy oqim 2" bilan operatsiyalarni, jumladan, tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berishni to‘liq taqiqlaydi;
Rossiyaning bitta suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi kompaniyasi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi;
YeI Belarus bilan moliyaviy operatsiyalarni to‘liq taqiqladi;
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidagi shaxslarning umumiy soni 2,5 mingdan oshdi;
Rossiyaga harbiy-sanoat mahsulotlarini "eksport qilgan" 3ta Xitoy kompaniyasiga sanksiyalar kiriiltdi.
Belarus harbiy-sanoat kompleksiga qarashli 8ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritildi.
G‘arb sanksiyalari
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.