Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Bu biznes.” Peskov Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi sxemasiga izoh berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve.
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2025
Obuna bo‘lish
Peskov: Bu biznes. Yetkazib berish bungacha ham bor edi. Ularni hech kim to‘xtatmadi. Gap ularga kim to‘lashida, xolos.
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha yangi sxemasi haqida gapirib, bu biznes ekanligini ta’kidladi.
“Bu biznes. Yetkazib berish bungacha ham bor edi. Ularni hech kim to‘xtatmadi. Gap ularga kim to‘lashida, xolos”, - dedi Peskov jurnalistning AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun Yevropaga qurol sotish qarorini Kreml qanday baholayotgani haqidagi savoliga javoban.
O‘zidan oldingi prezident Jo Baydenni Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgani uchun bir necha bor tanqid qilgan Tramp dushanba kuni Kiyevga NATO ittifoqchilari orqali qurol yetkazib berishning yangi sxemasini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yevropa mamlakatlariga milliardlab dollarlik yirik qurol-yarog‘lar partiyasini, jumladan, raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilarni sotadi, shundan so‘ng ittifoqchilar ularni Ukrainaga o‘tkazadi va amerikalik ishlab chiqaruvchilardan yangi xaridlar hisobiga o‘z zaxiralarini to‘ldiradi. Trampning ta’kidlashicha, sxema to‘liq kelishilgan va yaqin kelajakda NATO mamlakatlari mablag‘lari yordamida amalga oshiriladi.
Ukrainskie voyennie na poligone v Germanii. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Mersga Ukraina uchun AQShdan beshta Patriot tizimini sotib olishni taklif qildi — OAV
Yangiliklar lentasi
0