Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi qanday hal etilmoqda — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou mexanizmini joriy etishda Rossiya tajribasi o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu orqali xaridorlar huquqlari himoya qilinishi va qurilish jarayonining shaffofligi ta’minlanadi.
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Elor Komilov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda uy-joy qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlash choralari, shuningdek “Yangi O‘zbekiston” massivlarida yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
“Yangi O‘zbekiston" massivlarida qurilayotgan uy-joylarni ichimlik suvi, oqova tizimi, issiqlik, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari davlat tomonidan moliyalashtirilmoqda”, — deya ta’kidladi Elor Komilov.
Shuningdek, uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou mexanizmini joriy etishda Rossiya tajribasi o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu orqali xaridorlar huquqlari himoya qilinishi va qurilish jarayonining shaffofligi ta’minlanadi.
Uy-joy xarid qilish uchun davlat subsidiyalarini olish imkoniyati kengaytirildi. Subsidiyalar uchun ariza topshirish tartibi, talablar va shartlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
To‘liq video: https://vkvideo.ru/video-212092007_456241682
Yangiliklar lentasi
0