Umra mavsumi qachondan boshlanishi aytildi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Mirziyoyev Umra ziyoratini ado etdi
Mirziyoyev Umra ziyoratini ado etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2025
Obuna bo‘lish
“Haj” va “Umra” markazi: ziyoratchilar uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Umra mavsumi 2025-yil avgust oyidan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ziyoratchilar uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar;
3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;
Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal mazali taomlar;
Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari, Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;
Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.
“Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ziyorat va ibodatlar xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Haj ziyoratini ado etdi. Haj ibodati paytida jazirama oqibatida va surunkali kasalligi bo‘lgan to‘rt o‘zbekistonlik Saudiyada vafot etdi.
Yangiliklar lentasi
0