https://oz.sputniknews.uz/20250715/ozbekiston-moyli-ekinlar-etishtirish-50543034.html
O‘zbekiston moyli ekinlarni yetishtirishni rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston moyli ekinlarni yetishtirishni rivojlantirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Respublikada moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar tasdiqlandi. 15.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-15T13:38+0500
2025-07-15T13:38+0500
2025-07-15T13:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47362806_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_8ed2559680372e4e8a5be103ea7199b4.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Respublikada moyli ekinlarni yetishtirish rivojlantiriladi. Bu haqda Hukumat tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan. “Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Hujjat bilan respublika hududlarida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar tasdiqlandi. Kungaboqar ekinining tuproq unumdorligiga ta’sirini inobatga olib, asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat ekinlarini ekish va tuproq ostiga shudgor qilish amaliyoti qo‘llaniladi. Qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalari bilan mahsulot yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida moyli ekinlar hosilini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar "Agroplatforma" axborot tizimi orqali tuziladi. 2026-yil hosilidan boshlab, moyli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarning aniq hisob-kitobi yuritiladi va ushbu ekin maydonlarining 500 gektarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47362806_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9210460ec6ddda9fe57c8095e6a15ccb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, qishloq xo‘jaligi
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, qishloq xo‘jaligi
O‘zbekiston moyli ekinlarni yetishtirishni rivojlantirmoqchi
Respublikada moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar tasdiqlandi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Respublikada moyli ekinlarni yetishtirish rivojlantiriladi. Bu haqda Hukumat tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. “Respublikada moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan respublika hududlarida moyli ekinlar urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar tasdiqlandi.
“Qarorga ko‘ra, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan maydonlarning 5 foizigacha almashlab ekish tizimida moyli ekinlar ekilishiga ruxsat beriladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Kungaboqar ekinining tuproq unumdorligiga ta’sirini inobatga olib, asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat ekinlarini ekish va tuproq ostiga shudgor qilish amaliyoti qo‘llaniladi.
Qayta ishlovchi yog‘-moy korxonalari bilan mahsulot yetishtiruvchi subyektlar o‘rtasida moyli ekinlar hosilini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar "Agroplatforma" axborot tizimi orqali tuziladi.
2026 yil hosilidan boshlab, moyli ekinlar yetishtiriladigan maydonlarning aniq hisob-kitobi yuritiladi va ushbu ekin maydonlarining 500 gektarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi joriy qilinadi.