"Hamkorlik-2025" Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi — foto

© Minoboroni Rossii
Obuna bo‘lish
"Termiz" poligonida qo‘shma harbiy mashg‘ulotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Hamkorlik-2025" Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi, deya xabar berdi Rossiya Mudofa vazirligi matbuot xizmati.
Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" poligonida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qo‘shma harbiy mashg‘ulotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

V Uzbekistane startovalo sovmestnoe rossiysko-uzbekskoe takticheskoe uchenie "Xamkorlik-2025"
© Minoboroni Rossii
Tadbir an’anaviy tarzda harbiy xizmatchilarning umumiy saf tortishi bilan boshlandi. Harbiy orkestrlar ijrosida Rossiya va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangradi, ikki mamlakat davlat bayroqlari tantanali ravishda ko‘tarildi.

V Uzbekistane startovalo sovmestnoe rossiysko-uzbekskoe takticheskoe uchenie "Xamkorlik-2025"
© Minoboroni Rossii
Ishtirokchilar bir safda dala lageri maydoni bo‘ylab tantanali yurish qilishdi.

V Uzbekistane startovalo sovmestnoe rossiysko-uzbekskoe takticheskoe uchenie "Xamkorlik-2025"
© Minoboroni Rossii
O‘quv mashg‘ulotlari davomida harbiy kontingentlar quyidagilarni amalga oshiradi:
chegaraoldi tumanlarida davlat chegarasini buzgan noqonuniy qurolli tuzilmalarning kichik guruhlarini aniqlash va yo‘q qilishda bo‘linmalarni boshqarish;
chegaraoldi hududlardagi inshootlar va pozitsiyalarni egallagan Noqonuniy qurolli tuzilma guruhlarini yo‘q qilishda bo‘linmalarni boshqarish;
umumqo‘shin bo‘linmalari tomonidan egallab olingan inshootlar va pozitsiyalarning egallanishi;
dushmanning kichik guruhlariga qarshi kurash olib borish;
Noqonuniy qurolli tuzilma jangarilari egallagan aholi punktini shturm qilish va tozalashni tashkil etish.

1/6
© Minoboroni Rossii

2/6
© Minoboroni Rossii

3/6
© Minoboroni Rossii

4/6
© Minoboroni Rossii

5/6
© Minoboroni Rossii

6/6
© Minoboroni Rossii
1/6
© Minoboroni Rossii
2/6
© Minoboroni Rossii
3/6
© Minoboroni Rossii
4/6
© Minoboroni Rossii
5/6
© Minoboroni Rossii
6/6
© Minoboroni Rossii
Rossiya harbiy kontingentining asosini Markaziy harbiy okrugning 201-harbiy bazasining bo‘linmalari tashkil etadi. Qo‘shma mashg‘ulotlarning faol bosqichi 2025-yilning 15-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
