Respublika bo‘ylab “Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkaziladi — chegirma va ziyoratgohlar ro‘yxati

© Sputnik / Sergey PatakovPovsednevnaya jizn v Uzbekistane
Povsednevnaya jizn v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2025
Obuna bo‘lish
Oylik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlari mumkin.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Respublika bo‘ylab “Yoshlar turizmi oyligi” bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
“20 iyuldan 20-avgustga qadar Turizm qo‘mitasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yoshlar turizmi oyligi” tadbirlari o‘tkaziladi. Oylik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz”, — deyilgan xabarda.
Ushbu oylik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, “Vaqf” xayriya fondi tasarrufidagi bir qancha muzey va ziyoratgohlarga yoshlar 10 foizlik chegirma bilan kirishi belgilandi.
Muzey va ziyoratgohlar ro‘yxati:
“Hazrati Imom” majmuasidagi “Mo‘yi Muborak” ziyoratgohi;
“Shohi zinda” yodgorlik majmuasi;
“Xo‘ja Doniyor” majmuasi;
“Chorchinor” ziyoratgohi;
Al Motrudiy muzeyi;
Pahlavon Mahmud;
Sayid Alovuddin pir muzeyi.
Bundan tashqari, respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan konsert-tomosha hamda sport tadbirlari ro‘yxati shakllantirildi.
Yangiliklar lentasi
0