https://oz.sputniknews.uz/20250714/ozbekiston-pokiston-talabalar-yoz-maktab-50513702.html
O‘zbekiston va Pokiston talabalari uchun Yozgi maktab tashkil etiladi
O‘zbekiston va Pokiston talabalari uchun Yozgi maktab tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Geologiya fanlari universiteti Pokiston universitetlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. 14.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-14T14:12+0500
2025-07-14T14:12+0500
2025-07-14T14:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pokiston
otm
talabalar
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0e/50521173_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_bd8f200c35eae3069b54a4bcfb74c09d.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston talabalari uchun Yozgi maktab tashkil etiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. Geologiya fanlari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Leyla Sharafutdinova boshchiligidagi delegatsiya Pokistonda bo‘ldi. Islomobod va Karachi shaharlariga safar davomida quyidagilar ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi: Qayd etilishicha, Pokiston universitetlari bilan bakalavriat yo‘nalishida "2+2" va magistratura yo‘nalishida "1+1" shakllarida dual ta’lim dasturlarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Quayd-i-A’zam universitetida aniq mavzular bo‘yicha tor profildagi tadqiqotlarni boshlash, natijalar asosida nufuzli jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish bo‘yicha tomonlarning rejalari muvofiqlashtirildi. Bahriya universitetining Islomobod va Karachi kampuslarida qo‘shma akademik loyihalar, geofizika va raqamli xaritalar yaratish sohalarida hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Fan va texnologiyalar milliy universitetida sohaviy dasturiy ta’minotlar, geologiya sohasida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. G‘ulom Ishoq Xon nomidagi Injenerlik fanlari va texnologiyalari xususiy universitetida geologiya fakultetini tashkil etish, o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Karachi universiteti va Urdu universiteti bilan esa mineral resurslar va gidrogeologiya yo‘nalishlarida ilmiy-akademik hamkorlikni faol yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda zamonaviy standartlarga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, dolzarb mavzular va loyihalar ustida birgalikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0e/50521173_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_08f0b9165f3bc94740a2bd09a10656c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, pokiston, otm, talabalar, ta’lim
jamiyat, o‘zbekiston, pokiston, otm, talabalar, ta’lim
O‘zbekiston va Pokiston talabalari uchun Yozgi maktab tashkil etiladi
14:12 14.07.2025 (yangilandi: 14:34 14.07.2025) Geologiya fanlari universiteti Pokiston universitetlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston talabalari uchun Yozgi maktab tashkil etiladi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Geologiya fanlari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Leyla Sharafutdinova boshchiligidagi delegatsiya Pokistonda bo‘ldi.
Islomobod va Karachi shaharlariga safar davomida quyidagilar ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi:
Quayd-i-A’zam universiteti;
Fan va texnologiyalar milliy universiteti;
G‘ulom Ishoq Xon nomidagi Injenerlik fanlari va texnologiyalari instituti;
Qayd etilishicha, Pokiston universitetlari bilan bakalavriat yo‘nalishida "2+2" va magistratura yo‘nalishida "1+1" shakllarida dual ta’lim dasturlarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
“Muzokaralar natijasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qo‘shma tadqiqotlar, almashinuv dasturlari va akademik safarlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Quayd-i-A’zam universitetida aniq mavzular bo‘yicha tor profildagi tadqiqotlarni boshlash, natijalar asosida nufuzli jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish bo‘yicha tomonlarning rejalari muvofiqlashtirildi.
Bahriya universitetining Islomobod va Karachi kampuslarida qo‘shma akademik loyihalar, geofizika va raqamli xaritalar yaratish sohalarida hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Fan va texnologiyalar milliy universitetida sohaviy dasturiy ta’minotlar, geologiya sohasida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
“Avgust-sentabr oylarida Geologiya fanlari universiteti bazasida Quayd-i-A’zam universiteti, Bahriya universiteti va Fan va texnologiyalar milliy universiteti o‘qituvchilari va talabalari uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan Yozgi maktab tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
G‘ulom Ishoq Xon nomidagi Injenerlik fanlari va texnologiyalari xususiy universitetida geologiya fakultetini tashkil etish, o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Karachi universiteti va Urdu universiteti bilan esa mineral resurslar va gidrogeologiya yo‘nalishlarida ilmiy-akademik hamkorlikni faol yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda zamonaviy standartlarga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, dolzarb mavzular va loyihalar ustida birgalikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.