“Yevroosiyo yuragiga sayohat” ekspeditsiyasi ishtirokchilari Namanganda kutib olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNamangan
Namangan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2025
Obuna bo‘lish
Ekspeditsiya Toshkent, Samarqand va Buxoroda ham davom etadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi Namangan viloyatida kutib olindi, deya xabar berdi loyiha tashkilotchilari.
Ekspeditsiya yo‘nalishining O‘zbekiston qismidagi birinchi shahar Namangan bo‘ldi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston bo‘ylab yo‘nalish ishbilarmonlik dasturi bilan boshlandi.
“Yalpi sessiyada yengil sanoatning mintaqaviy rivojlanishdagi roli muhokama qilindi, PRO WB o‘quv seminarida esa mintaqada raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish vositalari o‘rganildi”, — deyiadi xabarda.
Ekspeditsiya Toshkent, Samarqand va Buxoroda ham davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Yevroosiyo yuragiga sayohat” xalqaro ekspeditsiyasi 6-iyun kuni Moskvada boshlangan. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 100 nafardan ortiq kishi qatnashmoqda. Ishtirokchilar 50 kun davomida 30 tadan ortiq shaharga tashrif buyurib, ularda ilmiy sessiyalar, biznes-forumlar, madaniy tadbirlar va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ekspeditsiya 26-iyul kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Markaziy Osiyo xalqaro iqtisodiy forumida yakunlanadi. Ekspeditsiya 30 ta mashinali kortejdan iborat. Ishtirokchilar orasida blogerlar, biznes, ilmiy va ta’lim hamjamiyatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bor.
Yangiliklar lentasi
0