https://oz.sputniknews.uz/20250713/sergey-lavrov-kim-chen-in-harbiy-manyov-50501214.html
Sergey Lavrov va Kim Chen In submintaqadagi keskinlik sabablarini aytishdi
Sergey Lavrov va Kim Chen In submintaqadagi keskinlik sabablarini aytishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi. 13.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-13T13:07+0500
2025-07-13T13:07+0500
2025-07-13T13:07+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
shimoliy koreya
sergey lavrov
kim chen in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0d/50501774_0:14:1172:673_1920x0_80_0_0_bec9c6a58d14cdc1546a93b12a16ae4b.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuvda harbiy manyovrlarning tez-tez o‘tkazilishiga nima sabab bo‘lgani aytildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.12 iyul kuni KXDRda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In tomonidan qabul qilindi. Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.Aytilishicha, ikki tomonlama kun tartibini muhokama qilish chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga urg‘u bergan holda amaliy sohalardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, Koreya yarimoroli va Shimoli-Sharqiy Osiyodagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.Qayd etilishicha, submintaqadagi keskinlikning kuchayishiga AQSh va uning ittifoqchilari harbiy faolligining oshishi, yadroviy komponentni jalb qilgan holda harbiy manyovrlarning tez-tez o‘tkazilishi sabab bo‘lmoqda.Tomonlar Koreya yarimorolidagi barcha muammolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yondashuvlari mushtarakligini saqlab qolmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0d/50501774_127:0:1043:687_1920x0_80_0_0_4f3b1a6847f71953e9f6e9d032c51afe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, shimoliy koreya, sergey lavrov, kim chen in
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, shimoliy koreya, sergey lavrov, kim chen in
Sergey Lavrov va Kim Chen In submintaqadagi keskinlik sabablarini aytishdi
Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuvda harbiy manyovrlarning tez-tez o‘tkazilishiga nima sabab bo‘lgani aytildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi. 12 iyul kuni KXDRda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR davlat ishlari raisi Kim Chen In tomonidan qabul qilindi. Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.
“Rossiya tomoni Pxenyan Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasini izchil va prinsipial qo‘llab-quvvatlagani, Koreya xalq armiyasi askarlarining Kursk viloyati hududidan ukrain millatchilari va xorijiy yollanma askarlarni chiqarib yuborishdagi ishtiroki uchun samimiy minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ikki tomonlama kun tartibini muhokama qilish chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga urg‘u bergan holda amaliy sohalardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Koreya yarimoroli va Shimoli-Sharqiy Osiyodagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Qayd etilishicha, submintaqadagi keskinlikning kuchayishiga AQSh va uning ittifoqchilari harbiy faolligining oshishi, yadroviy komponentni jalb qilgan holda harbiy manyovrlarning tez-tez o‘tkazilishi sabab bo‘lmoqda.
Tomonlar Koreya yarimorolidagi barcha muammolarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yondashuvlari mushtarakligini saqlab qolmoqda.