O‘zbekistonlik san’at ustalari Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar maktabi loyihasida ishtirok etadi

© Gosudarstvenniy akademicheskiy sentralniy teatr kukol imeni S.V. Obrazsova
Obuna bo‘lish
Birinchi qo‘g‘irchoqbozlar maktabida dunyoning 10 mamlakatidan yoshi 35 dan oshmagan 36 nafar professional san’atkor ishtirok etadi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Moskvada Obrazsov nomidagi Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar maktabi ochiladi va u o‘z ishini 13-iyuldan 2-avgustgacha davom ettiradi, deya xabar berdi loyiha matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ushbu maktab turli mamlakatlar qo‘g‘irchoq ustalarini birlashtirish va hamkorlik qilish uchun noyob ijodiy professional platforma hisoblanadi. U Rossiya va jahon qo‘g‘irchoq teatrining buguni va kelajagini yaratayotgan iste’dodli mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Birinchi qo‘g‘irchoqbozlar maktabida dunyoning 10 mamlakatidan yoshi 35 dan oshmagan 36 nafar professional san’atkor ishtirok etadi: Rossiya, Armaniston, Belarus, Iordaniya, Eron, Qozog‘iston, Livan, Meksika, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistondan.
Qo‘g‘irchoqbozlar maktabi dasturi asosiy va kasbiy qismlardan iborat:
Asosiy spektakl doirasida 31-iyul va 1-avgust kunlari "Qo‘g‘irchoqlar va klassika" hamda "Qo‘g‘irchoqlar va eksperiment" yo‘nalishlarida ikkita spektakl namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Kasbiy dastur yetakchi ustalar, qo‘g‘irchoq teatrlari artistlari, rassomlari va rejissorlarining ma’ruzalari, treninglari, ijodiy uchrashuvlari, mahorat darslarini, shuningdek, quyidagi fanlar bo‘yicha kundalik mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi: sahna nutqi, sahna harakati va plastikasi, teatr qo‘g‘irchog‘ini yasash asoslari va qo‘g‘irchoqbozlik.

Spashaya sarevna
© Gosudarstvenniy akademicheskiy sentralniy teatr kukol imeni S.V. Obrazsova
Umuman olganda, Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar maktabida Rossiya Federatsiyasining Obrazsov qo‘g‘irchoq teatri va "Aktor" pansionatida o‘tkaziladigan 50 dan ortiq tadbirlar rejalashtirilgan.

Ali-Baba i sorok razboynikov
© Gosudarstvenniy akademicheskiy sentralniy teatr kukol imeni S.V. Obrazsova
Dunyodagi eng yirik Obrazsov nomidagi qo‘g‘irchoq teatri tomonidan ilk bor amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli murabbiylik loyihasi Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi va Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi ko‘magida o‘tkaziladi.