https://oz.sputniknews.uz/20250713/ozbekiston-qatar-turizm-investitsiya-50495242.html
O‘zbekiston va Qatar turizm sohasidagi aloqalarni kengaytirmoqchi
O‘zbekiston va Qatar turizm sohasidagi aloqalarni kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. 13.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-13T10:00+0500
2025-07-13T10:00+0500
2025-07-13T10:00+0500
turizm
o‘zbekiston
qatar
hamkorlik
sayyohlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/04/39614776_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_75be21bb57cc3722707f0323de2b2a2a.png
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar turizm va investitsiya aloqalarini kengaytiradi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev “RETAJ GROUP” kompaniyasi raisi, “Arab turizmni rivojlantirish fondi” raisi o‘rinbosari, Qatar mehmonxonalar assotsiatsiyasi a’zosi Shayx Naif Iyd Muhammad Soniy Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazdi.Unda tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy va ziyorat yo‘nalishlarini Qatar bozorida targ‘ib qilish masalalarini ko‘rib chiqishdi.Shayx Naif Iyd Muhammad Soniy Ol Soniy O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini, boy madaniy va ma’naviy merosini yuqori baholab, qatarlik sayyohlarning Markaziy Osiyoga qiziqishi tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Aytilishicha, u Qatar ishbilarmon doiralari va o‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatilishiga ko‘maklashishga tayyor.Uchrashuv yakunida tomonlar turizm va investitsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/04/39614776_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_291c53a6e7756af949a68b9aaff05208.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, qatar, hamkorlik, sayyohlar
turizm, o‘zbekiston, qatar, hamkorlik, sayyohlar
O‘zbekiston va Qatar turizm sohasidagi aloqalarni kengaytirmoqchi
Ikki mamlakat turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar turizm va investitsiya aloqalarini kengaytiradi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi
ma’lum qildi. Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev “RETAJ GROUP” kompaniyasi raisi, “Arab turizmni rivojlantirish fondi” raisi o‘rinbosari, Qatar mehmonxonalar assotsiatsiyasi a’zosi Shayx Naif Iyd Muhammad Soniy Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy va ziyorat yo‘nalishlarini Qatar bozorida targ‘ib qilish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
“Qatar kompaniyalarining sarmoyalarini O‘zbekiston turizm infratuzilmasiga jalb etish, jumladan, xalqaro darajadagi mehmonxonalar qurish va mavzuli sayyohlik majmualarini barpo etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
Shayx Naif Iyd Muhammad Soniy Ol Soniy O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini, boy madaniy va ma’naviy merosini yuqori baholab, qatarlik sayyohlarning Markaziy Osiyoga qiziqishi tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Aytilishicha, u Qatar ishbilarmon doiralari va o‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatilishiga ko‘maklashishga tayyor.
Uchrashuv yakunida tomonlar turizm va investitsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.