O‘zbekiston va Pokiston neft-gaz sohasida ishchi guruh tuzishi mumkin

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Pakistana
Flagi Uzbekistana i Pakistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Pokiston neft vaziri bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston neft-gaz sohasida ishchi guruh tuzishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA ma’lum qildi.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston neft vaziri Ali Pervez Malik bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakatda neft-gaz sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Sohadagi mavjud salohiyat va imkoniyatlarni chuqur o‘rganish, istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va aniq yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, ikki davlat mutasaddi vazirliklari darajasida mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish zarurligiga alohida urg‘u berildi”, — deyiladi xabarda.
Pokistongi neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish, xususan, qazib olish hamda neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish loyihalariga o‘zbek hamkorlarni jalb etish masalalariga ham ko‘rib chiqildi.
Quyidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi:
ma’lumotlar almashinuvi;
sohaga oid zamonaviy texnologiyalar borasida tajriba almashish;
mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qilish;
o‘quv dasturlarini tashkil etish.
Yangiliklar lentasi
0