O‘zbekiston aholisi ko‘proq qaysi sug‘urta xizmatidan foydalanmoqda?

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStraxovoy polis
Straxovoy polis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2025
Obuna bo‘lish
Sug‘urta xizmatlari hajmi 4,5 trln so‘mni tashkil etdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston aholisi ko‘proq baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish xizmatidan foydalanmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Shu yilning yanvar-may oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 1,1 trln so‘mga oshib, 4,5 trln so‘mni tashkil etgan.
“Sug‘urta xizmatlari hajmida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash, yuk va mulkni sug‘urtalash va boshqalar egallagan. Ularning ulushi 88,1% ni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
2025 yilning yanvar-may oylarida hayotni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ulushi 6,4% ni, qayta sug‘urtalash xizmatlari esa 5,5% ni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0