https://oz.sputniknews.uz/20250713/nato-boltiqboyi-mintaqa-kema-qatnov-elchi-50506059.html
NATO Boltiqbo‘yi mintaqasida kema qatnovi erkinligini cheklamoqda — elchi
NATO Boltiqbo‘yi mintaqasida kema qatnovi erkinligini cheklamoqda — elchi
Sputnik O‘zbekiston
Elchining ta’kidlashicha, xalqaro dengiz huquqi normalari mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan bajarilishi kerak. 13.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-13T17:17+0500
2025-07-13T17:17+0500
2025-07-13T17:17+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
nato
kema
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0d/50506301_0:4:3626:2044_1920x0_80_0_0_5166ad7757401ea888d4b3f5890960f9.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. NATO Boltiq dengizida kema qatnovini cheklashga intilmoqda, dedi Norvegiyadagi elchi Nikolay Korchunov RIA Novostiga.Elchining ta’kidlashicha, xalqaro dengiz huquqi normalari mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan bajarilishi kerak.U o‘tmishda Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlar - Polsha, Germaniya, Shvetsiyaning XVII-XIX asrlardagi harakatlari bilan o‘xshashliklarni keltirib o‘tdi."O‘shanda ham ular Boltiqbo‘yi orqali Rossiya tovarlari ortilgan kemalarning biz uchun ustuvor bo‘lgan Britaniya, Gollandiya va Fransiya bozorlariga o‘tishiga to‘sqinlik qilishga harakat qilishdi. Shvedlar hatto qaroqchilik hujumlaridan ham qochmas edilar. Oxir-oqibatda bu urinishlar, ma’lumki, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘n yillar davomida tinch va ko‘p tomonlama hamkorlik maydoni bo‘lib kelgan Boltiqbo‘yida yana insofsiz raqobat va qarama-qarshilik kayfiyati qaror topayotgani afsuslanarli holdir”, — deya xulosa qildi u.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0d/50506301_448:0:3179:2048_1920x0_80_0_0_b15d8f366da89aba2afdb76090e7dce9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, nato, kema
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, nato, kema
NATO Boltiqbo‘yi mintaqasida kema qatnovi erkinligini cheklamoqda — elchi
Elchining ta’kidlashicha, xalqaro dengiz huquqi normalari mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan bajarilishi kerak.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. NATO Boltiq dengizida kema qatnovini cheklashga intilmoqda, dedi Norvegiyadagi elchi Nikolay Korchunov
RIA Novostiga. “NATOga a’zo mamlakatlarning mintaqada kemachilik erkinligini cheklashga qaratilgan maqsadli yo‘nalishini qayd etamiz, shu maqsadda, jumladan suv osti infratuzilmasiga tahdidlar bahonasida "Boltiq qo‘riqchisi" alyans missiyasini ishga tushirish, bu ochiq dengizda harakat qilayotgan dengiz floti guruhining kuchayishi bilan birga davom etmoqda, natijada mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat sezilarli darajada murakkablashdi va ehtimoliy keskinlashuv va mojarolar xavfi kuchaydi”, — dedi u.
Elchining ta’kidlashicha, xalqaro dengiz huquqi normalari mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan bajarilishi kerak.
"Shubhasiz, hozirgi sharoitda Boltiq dengiz floti va Rossiya Federatsiyasining Boltiq dengizi mintaqasidagi boshqa kuch tuzilmalarining kuch va vositalari Rossiya Federatsiyasi va uchinchi davlatlar manfaatlari uchun ham kemalar qatnovi erkinligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Korchunov.
U o‘tmishda Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlar - Polsha, Germaniya, Shvetsiyaning XVII-XIX asrlardagi harakatlari bilan o‘xshashliklarni keltirib o‘tdi.
"O‘shanda ham ular Boltiqbo‘yi orqali Rossiya tovarlari ortilgan kemalarning biz uchun ustuvor bo‘lgan Britaniya, Gollandiya va Fransiya bozorlariga o‘tishiga to‘sqinlik qilishga harakat qilishdi. Shvedlar hatto qaroqchilik hujumlaridan ham qochmas edilar. Oxir-oqibatda bu urinishlar, ma’lumki, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. O‘n yillar davomida tinch va ko‘p tomonlama hamkorlik maydoni bo‘lib kelgan Boltiqbo‘yida yana insofsiz raqobat va qarama-qarshilik kayfiyati qaror topayotgani afsuslanarli holdir”, — deya xulosa qildi u.