https://oz.sputniknews.uz/20250713/engil-atletika-anvar-anvarov-ozbekiston-rekord-50498853.html
Yengil atletika: Anvar Anvarov ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi
Yengil atletika: Anvar Anvarov ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi
Sputnik O‘zbekiston
Anvar Anvarov oltin, Barno Sayfullayeva esa bronza medaliga ega chiqdi. 13.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-13T12:01+0500
2025-07-13T12:01+0500
2025-07-13T12:01+0500
sport
o‘zbekiston
finlyandiya
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0d/50498688_0:6:1280:726_1920x0_80_0_0_20f36cb7ae69ca809b5c0bc3b2117418.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Finlyandiyada yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov mamlakat rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.Anvarov so‘nggi urinishda 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zi o‘rnatgan mamlakat rekordini (8,23 metr) yaxshiladi. Bu natija Anvarovga turnirda oltin medal keltirdi.Shuningdek, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullayeva 1,85 metr bilan urinishlar hisobiga ko‘ra bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Uzunlikka sakrash, erkaklar:Balandlikka sakrash, ayollar:
o‘zbekiston
finlyandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0d/50498688_32:0:1261:922_1920x0_80_0_0_0858cd48ffd6b06da010179d2ef10a98.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, finlyandiya, yengil atletika
sport, o‘zbekiston, finlyandiya, yengil atletika
Yengil atletika: Anvar Anvarov ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi
Anvar Anvarov oltin, Barno Sayfullayeva esa bronza medaliga ega chiqdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda ikkinchi bor O‘zbekiston rekordini yangiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Finlyandiyada yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov mamlakat rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Anvarov so‘nggi urinishda 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda o‘tgan xalqaro turnirda o‘zi o‘rnatgan mamlakat rekordini (8,23 metr) yaxshiladi. Bu natija Anvarovga turnirda oltin medal keltirdi.
Shuningdek, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullayeva 1,85 metr bilan urinishlar hisobiga ko‘ra bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Uzunlikka sakrash, erkaklar:
Anvar Anvarov (O‘zbekiston) — 8,25 metr;
Aniyel Molina (Kuba) — 7,86;
Kristian Pulli (Finlyandiya) — 7,82.
Balandlikka sakrash, ayollar:
Luize Ekman (Shvetsiya) — 1,85 metr;
Ella Mikkola (Finlyandiya) — 1,85;
Barno Sayfullayeva (O‘zbekiston) — 1,85.