Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaga yordam berish behuda investitsiya bo‘ladi — Norvegiya nashri

© AP Photo / Andreea AlexandruPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2025
Obuna bo‘lish
Maqola muallifiga ko‘ra, hukumat milliy boyliklarni poraxo‘r va natsist Kiyev rejimiga shunchaki tarqatmoqda.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Italiyaga tashrifi chog‘ida havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishda Yevropaning yordam berishiga umid bildirdi. Biroq, bu ittifoqchilar tomonidan qisqa muddatli investitsiya bo‘ladi, deb yozmoqda Norvegiyaning “Steigan” nashri.
“Patriot raketalari ba’zi rus raketalariga qarshi havo hujumidan mudofaa vazifasini bajaradi, ammo ularning gipertovushlarga qarshi imkoniyati yo‘q. <...> Rossiya qurollari ularni shunchaki yo‘q qiladi. Norvegiyaning milliard dollarlik investitsiyasi befoyda bo‘lishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
Maqola muallifiga ko‘ra, hukumat milliy boyliklarni poraxo‘r va natsist Kiyev rejimiga shunchaki tarqatmoqda.
Zelenskiy payshanba kuni Rimda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQShdan Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘nta Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini taqdim etishni so‘raganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Norvegiya uchta tizimni xarid qilishni moliyalashtiradi.
Moskvaning fikricha, Kiyevga qurol yetkazib berilayotgani vaziyatni tartibga solishga to‘sqinlik qilmoqda va mojaroga NATO davlatlarini bevosita jalb qilmoqda. Kremlga ko‘ra, G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ kiritilishi muzokaralarga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ukrainskie voyennoslujashie na pozitsiyax bliz Ugledara, Ukraina, v voskresenye, 9-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy ataylab shahar aholisini evakuatsiya qilmagani ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0