O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

© IA "Dunyo"Uzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Eritreyey
Uzbekistan ustanovil diplomaticheskie otnosheniya s Eritreyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2025
Obuna bo‘lish
Eritreya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 162-davlat bo‘ldi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
10 iyul kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Eritreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi. Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Afrika qit’asi bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi.
Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan Eritreya davlati O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 162-davlat bo‘ldi.
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Yangiliklar lentasi
0