Toshkentda MGIMO bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

© Posolstvo RF v Uzbekistane
Obuna bo‘lish
Marosimda ota-onalar, O‘zbekiston rasmiylari va Rossiya diplomatlari ishtirok etishdi.
TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Bugun MGIMO Toshkent filialida 2025-yil bitiruvchilariga diplom va sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi.
Diplomlar jami 123 nafar bitiruvchiga topshirildi: xalqaro huquq, biznes informatika, tizimli tahlil, hodisalarni boshqarish va turizm, xomashyo va energiya bozorlarini boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan 79 nafar bakalavr va 44 nafar magistr. Jumladan 26 nafar bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga "qizil" diplom berildi.

Toshkentda MGIMO bitiruvchilariga diplomlar tpshirildi
© Posolstvo RF v Uzbekistane
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Aleksey Lanchikov bitiruvchilarga o‘z tilaklarini bildirdi.
Men bu yerda, jumladan, MGIMO bitiruvchisi sifatida bo‘lganimdan ikki karra xursandman. Bugun universitetimizning birinchi xorijiy filiali bitiruvchilarini ko‘rganimdan xursandman. Siz dunyodagi eng nufuzli universitetlardan birining filialida juda talabchan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy ta’lim oldingiz. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalar doirasida barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan holda, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida o‘zingizga ma’qul bo‘lgan kasbni topib, bilim va ko‘nikmalaringizni qo‘llay olasiz. Bunda ona tilingizga aylangan rus tili muhim tayanch bo‘ladi. Zero, aynan rus tili fan, texnika va madaniyatning eng yaxshi yutuqlariga qo‘shilish imkonini beradi. Alma-materingizni unutmang. Bu yerda siz doimo qo‘llab-quvvatlash, iliqlik va yangi do‘stlar topasiz. Bayramingiz muborak, omad yor bo‘lsin, aziz bitiruvchilar! - dedi Lanchikov.

Bitiruvchilarga diplomlarni MGIMOning rivojlanish bo‘yicha prorektori A.Malgin, Toshkent filiali akademik direktori M.Bakoyev, dekanlar va dastur direktorlari topshirishdi.