https://oz.sputniknews.uz/20250711/lavrov-va-rubioning-kuala-lumpurdagi-suhbatining-asosiy-tafsilotlari-50467567.html
Lavrov Rubio bilan suhbatining tafsilotlarini aytib berdi
Lavrov Rubio bilan suhbatining tafsilotlarini aytib berdi
Sputnik O‘zbekiston
ASEAN anjumani doirasida Lavrov Marko Rubio bilan muzokaralar o‘tkazdi. 11.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-11T16:06+0500
2025-07-11T16:06+0500
2025-07-11T18:35+0500
rossiya
aqsh
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/17/49516022_0:0:3010:1694_1920x0_80_0_0_e4f53647f63b454ef4763ebfe06aee77.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda Rossiyaning Ukraina kelishuvi bo‘yicha pozitsiyasini tasdiqlaganini aytdi.Lavrov Rubioga Vladimir Zelenskiy va Kiyev rejimining boshqa vakillaridan ruslarni yo‘q qilish zarurligi haqidagi iqtiboslarni tanlab berdi:Ukraina rus va rusiyzabon aholining barcha huquqlarini bo‘g‘ish, rozi bo‘lmaganlarni jismonan yo‘q qilish uchun “hududiy yaxlitlik”ga muhtoj, deb qo‘yshimcha qildi vazir.Shuningdek Lavrov amerikalik hamkasbi bilan Trampning Moskvani "bombalash" haqidagi tahdidlari aks etgan audiofaylni muhokama qilmaganini aytdi:Payshanba kuni diplomatlar ASEAN tadbirlari doirasida muzokaralar o‘tkazdi. Shu jumladan, Ukrainadagi mojaro va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni tiklash, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarning normal ishlashi kabi masalalar muhokama qilindi.Bungacha Lavrov va Rubio bir necha bor telefon orqali gaplashgan va fevral oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralarida birinchi marta shaxsan uchrashgan. Keyin tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib oldilar.Rossiya vaziri ikki kunlik tashrif bilan Malayziya poytaxtida bo‘lib, u yerda tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining Rossiya-ASEAN formatidagi uchrashuvlarida ishtirok etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/17/49516022_112:0:2843:2048_1920x0_80_0_0_64503486f04e1e43a9ff6a00ed1b1e9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, sergey lavrov
rossiya, aqsh, sergey lavrov
Lavrov Rubio bilan suhbatining tafsilotlarini aytib berdi
16:06 11.07.2025 (yangilandi: 18:35 11.07.2025) ASEAN anjumani doirasida Lavrov Marko Rubio bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda Rossiyaning Ukraina kelishuvi bo‘yicha pozitsiyasini tasdiqlaganini aytdi.
“Ha, biz Ukrainani muhokama qildik, prezident Putin aytgan pozitsiyani tasdiqladik, jumladan, 3-iyul kuni prezident Tramp bilan suhbatda yana bir bor”, — dedi vazir Rossiya-ASEAN uchrashuvi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Lavrov Rubioga Vladimir Zelenskiy va Kiyev rejimining boshqa vakillaridan ruslarni yo‘q qilish zarurligi haqidagi iqtiboslarni tanlab berdi:
"Kecha men Zelenskiy, Shmigal, Yermak, Podolyakning "ruslarni yo‘q qilish" zarurati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapiradigan iqtiboslaridan kichik bir parcha berdim. U yerda qonuniy va yaxshisi, jismonan yo‘q qilish haqida aytilgan", - dedi Lavrov.
Ukraina rus va rusiyzabon aholining barcha huquqlarini bo‘g‘ish, rozi bo‘lmaganlarni jismonan yo‘q qilish uchun “hududiy yaxlitlik”ga muhtoj, deb qo‘yshimcha qildi vazir.
Shuningdek Lavrov amerikalik hamkasbi bilan Trampning Moskvani "bombalash" haqidagi tahdidlari aks etgan audiofaylni muhokama qilmaganini aytdi:
"Moskva va Pekinning bombardimon qilinishi haqidagi suhbatga kelsak, bilmayman, bu neyron tarmoqmi yordamidja yasalganmi yoki yo‘qmi, lekin biz jiddiy narsalarni muhokama qildik", - dedi Lavrov.
Payshanba kuni diplomatlar ASEAN tadbirlari doirasida muzokaralar o‘tkazdi. Shu jumladan, Ukrainadagi mojaro va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni tiklash, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarning normal ishlashi kabi masalalar muhokama qilindi.
Bungacha Lavrov va Rubio bir necha bor telefon orqali gaplashgan va fevral oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralarida birinchi marta shaxsan uchrashgan. Keyin tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib oldilar.
Rossiya vaziri ikki kunlik tashrif bilan Malayziya poytaxtida bo‘lib, u yerda tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining Rossiya-ASEAN formatidagi uchrashuvlarida ishtirok etdi.