https://oz.sputniknews.uz/20250710/qozogiston-ozbekiston-aes-yadro-yoqilgi-50435711.html
Qozog‘iston O‘zbekistonga AES uchun yadro yoqilg‘isi yetkazib berishi mumkin
Qozog‘iston O‘zbekistonga AES uchun yadro yoqilg‘isi yetkazib berishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat sanoat chiqindilarini ko‘mish va qayta ishlash sohasida tajriba almashmoqchi. 10.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-10T12:11+0500
2025-07-10T12:11+0500
2025-07-10T12:11+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
aes
turizm
hamkorlik
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0a/50433532_0:56:1080:664_1920x0_80_0_0_df2402ad158bee23eebf52c135837ef4.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston AESlar uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimligi xabar berdi.Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimi Nurimbet Saqtag‘anov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov bilan uchrashdi. Unda Sharqiy Qozog‘iston viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi, xususan, agrosanoat majmuasi va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Aytilishicha, turizm sohasida joriy mavsumdayoq Ust-Kamenogorskdan Toshkent, Samarqand va Buxoroga poyezd qatnovi tiklanadi, shuningdek, viloyat markazidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari mamlakatdagi mashhur sayyohlik yo‘nalishlari haqida so‘zlab berishdi. Agrosanoat majmuasi sohasida Sharqiy Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i va asal eksport qilishda yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Qayd etilishicha, ishbilarmonlik hamkorligining boshqa yo‘nalishlari qatorida O‘zbekistonga bo‘lajak AES uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish imkoniyati, shuningdek, sanoat chiqindilarini ko‘mish va qayta ishlash sohasida tajriba almashish ham bor. Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarining izchil rivojlanishida ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqoti muhim o‘rin tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250625/ozbekiston-aes-toshkent-forum-50172577.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0a/50433532_60:0:1020:720_1920x0_80_0_0_514b68a7d6a80b3d35e35d361514278c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, aes, turizm, hamkorlik, elchi
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, aes, turizm, hamkorlik, elchi
Qozog‘iston O‘zbekistonga AES uchun yadro yoqilg‘isi yetkazib berishi mumkin
Ikki mamlakat sanoat chiqindilarini ko‘mish va qayta ishlash sohasida tajriba almashmoqchi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston AESlar uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimligi
xabar berdi. Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimi Nurimbet Saqtag‘anov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov bilan uchrashdi. Unda Sharqiy Qozog‘iston viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi, xususan, agrosanoat majmuasi va turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Aytilishicha, turizm sohasida joriy mavsumdayoq Ust-Kamenogorskdan Toshkent, Samarqand va Buxoroga poyezd qatnovi tiklanadi, shuningdek, viloyat markazidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston vakillari mamlakatdagi mashhur sayyohlik yo‘nalishlari haqida so‘zlab berishdi.
Agrosanoat majmuasi sohasida Sharqiy Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i va asal eksport qilishda yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Qayd etilishicha, ishbilarmonlik hamkorligining boshqa yo‘nalishlari qatorida O‘zbekistonga bo‘lajak AES uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish imkoniyati, shuningdek, sanoat chiqindilarini ko‘mish va qayta ishlash sohasida tajriba almashish ham bor.
"Konstruktiv muloqot doirasida qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi. Qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi Sharqiy Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi, strategik muhim darajaga olib chiqadi", — deya ta’kidladi viloyat hokimi.
Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlarining izchil rivojlanishida ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqoti muhim o‘rin tutadi.