Og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida yana 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi

© NOK
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh og‘ir atletikachilar Qozog‘istondagi Osiyo chempionatida yana 16 ta medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ostanada og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z poyoniga yetib bormoqda.
Og‘ir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
G‘oliblar:
Oltin medal: +94 kg: Hasanboy Xolmuratov (dast ko‘tarish, o‘smirlar), -110 kg: Qudratbek Salimjonov (dast ko‘tarish, yoshlar), -110 kg: Qudratbek Salimjonov (siltab ko‘tarish, yoshlar), -110 kg: Qudratbek Salimjonov (ikki kurash, yoshlar).
Kumush medal: +110 kg: Omadillo Olimov (dast ko‘tarish, yoshlar), +110 kg: Omadillo Olimov (ikki kurash, yoshlar).
Bronza medal: +77 kg: Mohinur Esonboyeva (dast ko‘tarish, o‘smirlar), +77 kg: Mohinur Esonboyeva (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), +77 kg: Mohinur Esonboyeva (ikki kurash, o‘smirlar), -86 kg: Madina Fayzullayeva (dast ko‘tarish, yoshlar), -86 kg: Madina Fayzullayeva (siltab ko‘tarish, yoshlar), -86 kg: Madina Fayzullayeva (ikki kurash, yoshlar), +94 kg: Hasanboy Xolmuratov (ikki kurash, o‘smirlar), +94 kg: Abbosbek Axrolov (dast ko‘tarish, o‘smirlar), +94 kg: Abbosbek Axrolov (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), +110 kg: Omadillo Olimov (siltab ko‘tarish, yoshlar).
