Kuala-Lumpurda Sergey Lavrov va Marko Rubio uchrashdi — tafsilotlar

© Ministerstvo inostrannix del Rossiyskoy Federatsii10 iyulya v Kuala-Lumpure "na polyax" ministerskix meropriyatiy po linii ASEAN sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii S.V.Lavrova s Gosudarstvennim sekretarem SShA M.Rubio.
10 iyulya v Kuala-Lumpure na polyax ministerskix meropriyatiy po linii ASEAN sostoyalas vstrecha Ministra inostrannix del Rossiyskoy Federatsii S.V.Lavrova s Gosudarstvennim sekretarem SShA M.Rubio. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar Ukraina atrofidagi vaziyatni tartibga solish masalasini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Kuala-Lumpurda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar, jumladan, 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi telefon muloqoti davomida ikki tomonlama kun tartibi va jahondagi vaziyatning barcha masalalari ko‘rib chiqildi.
“Ukraina atrofidagi vaziyatni tartibga solish, Eron va Suriya atrofidagi vaziyat, shuningdek, boshqa bir qator xalqaro muammolar yuzasidan batafsil va ochiq fikr almashildi. Mojaroli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish, Rossiya-AQSh iqtisodiy va gumanitar hamkorligini, ikki mamlakat jamiyatlari o‘rtasidagi to‘siqsiz aloqalarni tiklash, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashga o‘zaro intilish tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.
Ikki tomonlama diplomatik vakolatxonalar faoliyatini normallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Aytilishicha, Rossiya va AQSh tashqi siyosat idoralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli masalalarning kengayib borayotgan doirasi bo‘yicha konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqot davom ettiriladi.
Yangiliklar lentasi
0