O‘zbekiston Xitoyning bir qator logistika kompaniyalari bilan hamkorlik boshladi

© Depositphotos / Ryzhov Flagi Uzbekistana i Kitaya na delovoy vistavke
Flagi Uzbekistana i Kitaya na delovoy vistavke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2025
Obuna bo‘lish
Lanchjou shahrida yuklarni konsolidatsiya qilish punkti tashkil etildi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Xitoyning bir qator logistika kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlarini imzoladi, deya xabar berdi jamiyat matbuot xizmati.
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruvi raisi Xitoy davlatiga tashrifi doirasida Gansu provinsiyasi Savdo departamenti rahbari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
© AO "Uztemiryulkonteyner" AO "Uztemiryulkonteyner" ukreplyayet logisticheskoe sotrudnichestvo s provinsiyey Gansu: v Lanchjou otkrit punkt konsolidatsii gruzov
AO Uztemiryulkonteyner ukreplyayet logisticheskoe sotrudnichestvo s provinsiyey Gansu: v Lanchjou otkrit punkt konsolidatsii gruzov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2025
AO "Uztemiryulkonteyner" ukreplyayet logisticheskoe sotrudnichestvo s provinsiyey Gansu: v Lanchjou otkrit punkt konsolidatsii gruzov
“Hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ Xitoyning bir qator logistika kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlarini imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda tomonlar davlatlararo temiryo‘l tashuvlari hajmini oshirish, tranzit salohiyatini mustahkamlash hamda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk oqimini jalb etish borasidagi qo‘shma sa’y-harakatlarni muhokama qilishdi.
Logistika va savdo bo‘yicha Xalqaro forumning navbatdagi sessiyasi doirasida “O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning Gansu International Logistics Group bilan birgalikda Lanchjou erkin iqtisodiy zonasi hududida yuklarni konsolidatsiya qilish punktining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© AO "Uztemiryulkonteyner" AO "Uztemiryulkonteyner" ukreplyayet logisticheskoe sotrudnichestvo s provinsiyey Gansu: v Lanchjou otkrit punkt konsolidatsii gruzov
AO Uztemiryulkonteyner ukreplyayet logisticheskoe sotrudnichestvo s provinsiyey Gansu: v Lanchjou otkrit punkt konsolidatsii gruzov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2025
AO "Uztemiryulkonteyner" ukreplyayet logisticheskoe sotrudnichestvo s provinsiyey Gansu: v Lanchjou otkrit punkt konsolidatsii gruzov
Mazkur yig‘ish punkti “O‘ztemiryo‘lkonteyner” mijozlarining yuklarini konsolidatsiya qilish (birlashtirish) maqsadida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0