O‘zbekiston MDH yosh rejissorlari laboratoriyasi loyihasida ishtirok edi

© MFGS
Obuna bo‘lish
Nikolay Gogol bo‘yicha loyihada Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston kabi 9 mamlakatdan kelgan 18 nafar yosh rejissor ishtirok etdi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Hamdo‘stlik mamlakatlari yosh rejissorlari laboratoriyasi Nikolay Gogol bo‘yicha loyihani taqdim etdi. Bu haqda MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik davlatlararo jamg‘armasi ma’lum qildi.
"Burun" (Nos) qissasiga asoslangan ochiq namoyish 3-iyul kuni A. S. Pushkin nomidagi Moskva drama teatri filialida bo‘lib o‘tdi.
“Bizning yo‘nalish - dramatik teatr bilan aralashgan noverbal teatr. Mashg‘ulotlarning maqsadi optikani biz maktabdan biladigan klassik materialga - Gogolning "Burun"iga almashtirishdir, va u bizga taqdim etilganidan ko‘ra ancha murakkabroq. Biz ba’zi yoriqlarni topishga harakat qilmoqdamiz, ular orqali Gogolga o‘tish mumkin. U yerda o‘z mantiqimizni, o‘z olamimizni, o‘z ma’nolarimizni kashf etish. Biz sinov hududidamiz va hozircha nimaga kelishimizni o‘zimiz ham bilmaymiz. "Burun"ning asosida nima yotgani aniq, keyin esa ko‘ramiz”, — deydi rejissor-pedagog Denis Azarov.
Laboratoriya 23-iyun kuni A. P. Chexov nomidagi XVII Xalqaro teatr festivalining ta’lim dasturi doirasida boshlandi. Uni Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi ko‘magida Xalqaro teatr ittifoqlari konfederatsiyasi o‘tkazdi.
Laboratoriyaning badiiy rahbari Pushkin nomidagi teatrning badiiy rahbari, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist Yevgeniy Pisarev bo‘ldi. O‘qituvchilar orasida rejissor-pedagog Denis Azarov, teatr bezakchisi (ssenograf) Aleksey Tregubov, xoreograf Natalya Shurganova bor.
Ular Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston kabi 9 mamlakatdan kelgan 18 nafar yosh rejissor bilan ishlashdi.
“Men uchun rejissorlik laboratoriyasi - bu o‘zimga o‘zim bergan chaqiriq. Bular yangi odamlar, o‘qituvchilar, rejissorlar. Tajriba orttirish menga juda yoqadi. Qiziqarli natijani intizorlik bilan kutapman. Garchi asosiysi, bu jarayon. Biz shug‘ullanyapmiz, o‘rganyapmiz. Men tanishgan yigitlar esa ajoyib va iste’dodli. Tajriba biz bilan bir umrga qoladi”, — deydi o‘zbekistonlik ishtirokchi Sabina Asanova.
Laboratoriya ishtirokchilari Jahon seriyasi va Chexov festivalining Moskva dasturidagi spektakllarni tomosha qilishdi.
Ma’lumot uchun, "Burun" - 1832-1833 yillarda Nikolay Vasilevich Gogoltomonidan yozilgan satirik absurd qissa. "Burun"da muallif quruq va dabdabali, tashqi effektni sevuvchi, yuqori martaba va marhamat ketidan quvuvchi shaxs obrazini ko‘rsatishga intiladi.