https://oz.sputniknews.uz/20250709/ozbekiston-giyohvandlik-suniy-intellekt-50417653.html
O‘zbekiston giyohvandlik moddalari tarqalishini sun’iy intellekt yordamida yo‘q qilmoqchi
O‘zbekiston giyohvandlik moddalari tarqalishini sun’iy intellekt yordamida yo‘q qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik holatlari ko‘p uchrayotgani aytildi. 09.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-09T11:09+0500
2025-07-09T11:09+0500
2025-07-09T11:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
iiv
jinoyat
jinoyatchilik
giyohvand moddalarga qarshi
giyohvand moddalar
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49119639_0:256:2731:1792_1920x0_80_0_0_b924d36c60ed0c7d38b739b130512b73.jpg
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda giyohvandlik moddalari tarqalishini yo‘q qilish maqsadida sun’iy intellektdan foydalaniladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan taqdimotda ma’lum qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Qayd etilishicha, o‘tgan olti oyda har bir viloyat, tuman va mahalla bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari” asosida ijtimoiy profilaktikaning samarali tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jamoat joylarini raqamlashtirish qamrovi oshirildi, huquq-tartibot oliygohlari tomonidan ilmiy-amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi. Lekin bu borada kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar hali ham bor. Aytilishicha, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik holatlari ko‘p uchrab turibdi. Bunga qarshi kurashilayotgan, zararli vositalar va laboratoriyalar yo‘q qilinayotgan bo‘lsa-da, muammo to‘la bartaraf bo‘lmagan. O‘zbekistonda asosan qaysi turdagi giyohvandlik vositalari aniqlanayotgani aytildiQuyidagilar ma’lum qilindi: Endi DXX bilan qisqa raqamlar orqali bog‘lanish mumkin — qanday murojaatlar qabul qilinadi?
https://oz.sputniknews.uz/20240507/narkotik-nazorat-milliy-markaz-43751801.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49119639_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_f0bce12d98d0649f60282b506cb214b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, iiv, jinoyat, jinoyatchilik, giyohvand moddalarga qarshi, giyohvand moddalar, sun’iy intellekt
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, iiv, jinoyat, jinoyatchilik, giyohvand moddalarga qarshi, giyohvand moddalar, sun’iy intellekt
O‘zbekiston giyohvandlik moddalari tarqalishini sun’iy intellekt yordamida yo‘q qilmoqchi
Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik holatlari ko‘p uchrayotgani aytildi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda giyohvandlik moddalari tarqalishini yo‘q qilish maqsadida sun’iy intellektdan foydalaniladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan taqdimotda
ma’lum qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan olti oyda har bir viloyat, tuman va mahalla bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari” asosida ijtimoiy profilaktikaning samarali tizimi yo‘lga qo‘yildi. Jamoat joylarini raqamlashtirish qamrovi oshirildi, huquq-tartibot oliygohlari tomonidan ilmiy-amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.
“Alohida e’tibor voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar va oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatchilikni jilovlashga qaratildi. Buning natijasida 5 ming 200 ta mahallada birorta ham jinoyat bo‘lmadi”, — deyiladi xabarda.
Lekin bu borada kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar hali ham bor.
“Profilaktika inspektorlari, tezkor-qidiruv, patrul-post va qo‘riqlash xizmati faoliyatini kuchaytirib, aholi xavfsizligini joylarda ta’minlash shartligi qayd etildi. Butun tizimni pastga tushirib, har bir mahallani “jinoyatchilikdan xoli hudud”ga aylantirish zarurligi ta’kidlandi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik holatlari ko‘p uchrab turibdi. Bunga qarshi kurashilayotgan, zararli vositalar va laboratoriyalar yo‘q qilinayotgan bo‘lsa-da, muammo to‘la bartaraf bo‘lmagan.
“Shu bois videokuzatuv kameralari va sun’iy intellektni qo‘llab, giyohvandlik moddalari tarqalishini aniqlash, manbasini tag-tomiri bilan yo‘q qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi”, — deyilgan xabarda.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Respublikada yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatchilik tashkil qilgan;
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, unga qabul kvotasini bosqichma-bosqich oshirish, yangi yo‘nalishlar ochish va dual ta’limni rivojlantirish rejalashtirilmoqda;
Davlat rahbari ta’lim va malaka dasturlarini zamonaviy xavf-xatarlarga moslashtirish, xodimlarning jangovar va ruhiy shayligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.