https://oz.sputniknews.uz/20250708/ukraina-tiv-tuzilma-nato-boshqarma-50405117.html
Ukraina TIV tuzilmasida NATO boshqarmasi tashkil etilmoqda — tafsilotlar
Ukraina TIV tuzilmasida NATO boshqarmasi tashkil etilmoqda — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Andrey Sibiga do‘st bo‘lmagan mamlakatlar boshqarmasi tashkil etilishini ham ma’lum qildi. 08.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-08T20:03+0500
2025-07-08T20:03+0500
2025-07-08T20:03+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28816996_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1f2263866f1e6cd3525c720d844ac493.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga vazirlik tuzilmasida NATO boshqarmasi va Yevropa Ittifoqi departamenti tashkil etilishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti uning ijtimoiy tarmog‘dagi sahifasiga tayanib, xabar berdi.Sibiga dushanba kuni tegishli farmonni imzolaganini qayd etdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tizimida Ukraina xalqaro xavfsizlik va mudofaa departamenti ham paydo bo‘ladi, u xorijdagi ukrainliklar masalalari bilan shug‘ullanadi.Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh va Kanada departamentlari Lotin Amerikasi va Karib havzasi departamentidan ajratiladi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika alohida departamentga o‘tadi.Tramp: Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishi sodir bo‘lmasligini tushunadi
https://oz.sputniknews.uz/20250503/ukrainadagi-mojaro-kiev-rejimi-49186274.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28816996_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_33713c1a0e364946b0ec6a7d844e9b2f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, nato
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, nato
Ukraina TIV tuzilmasida NATO boshqarmasi tashkil etilmoqda — tafsilotlar
Andrey Sibiga do‘st bo‘lmagan mamlakatlar boshqarmasi tashkil etilishini ham ma’lum qildi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga vazirlik tuzilmasida NATO boshqarmasi va Yevropa Ittifoqi departamenti tashkil etilishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti uning ijtimoiy tarmog‘dagi sahifasiga tayanib,
xabar berdi. Sibiga dushanba kuni tegishli farmonni imzolaganini qayd etdi.
"Ukraina tashqi ishlar vazirligining yangi tuzilmasi tasdiqlandi... Tashqi ishlar vazirligida NATOning alohida boshqarmasini tashkil etamiz... Avvalroq Yevropa Ittifoqi va NATO integratsiyasi Yevropa Ittifoqi va NATOning bitta departamentiga birlashtirilgan edi. Endi bizda Yevropa Ittifoqi departamenti va NATO boshqarmasi bo‘ladi. Departament Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilishi ustida ish olib boradi. NATO ma’muriyati Alyansga to‘laqonli a’zo bo‘lish yo‘lidagi integratsiyamizga yangi turtki beradi", — deb yozdi Sibiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tizimida Ukraina xalqaro xavfsizlik va mudofaa departamenti ham paydo bo‘ladi, u xorijdagi ukrainliklar masalalari bilan shug‘ullanadi.
"Bundan tashqari, endi bizda ba’zi yangi alohida boshqarmalar bo‘ladi. Masalan, do‘st bo‘lmagan mamlakatlar boshqarmasi. Bu yerga nafaqat Rossiya, balki uning (ittifoqchilari - tahr.) masalan, Shimoliy Koreya yoki Belorus ham kiradi.... Bu yerda gap ikki tomonlama munosabatlar haqida emas, balki tahdidlarga qarshi turish haqida ketmoqda”, — deya ta’kidlab o‘tgan Sibiga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh va Kanada departamentlari Lotin Amerikasi va Karib havzasi departamentidan ajratiladi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika alohida departamentga o‘tadi.