O‘zbekiston ochiq, ishonchli va qo‘shma biznesga tayyor — Jamshid Xo‘jayev

© Foto : Istochnik: BELTA
Obuna bo‘lish
Jamshid Xo‘jayev Yekaterinburgdagi "Innoprom" ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Innoprom” xalqaro ko‘rgazmasi yakunlari bo‘yicha 4,7 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi va tuzildi. Bu haqda Yekaterinburgdagi "Innoprom" ko‘rgazmasi doirasida o‘tayotgan sessiyada O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi.
“Toshkentdagi Innopromga 35 mamlakatdan 500 dan ortiq kompaniya tashrif buyurdi. Ko‘rgazma yakunlari bo‘yicha 4,7 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi va tuzildi. O‘zbekiston uchun Innoprom.Markaziy Osiyo ko‘rgazmasi mintaqamizda yangi loyihalar, tashabbuslar va g‘oyalarni yaratish uchun an’anaviy maydonga aylandi. Biz xursandmiz, chunki ishonchli hamkorlar, yangi do‘stlar to‘planmoqda”, — dedi Jamshid Xo‘jayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘zbekiston mintaqaviy va jahon miqyosida o‘z o‘rnini egallashga intilayotgan yo‘nalishlarni belgilab oldi.
“To‘qimachilik sanoati. Agar 6-7 yil oldin O‘zbekiston Respublikasi paxta xomashosini eksport qilish bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bizda xomashyo ishlab chiqarish hajmi kamaygani yo‘q, lekin biz allaqachon xomashoni import qilishni boshladik. Ishlab chiqarish hajmi 9,7 milliard dollarni tashkil etadi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar 60 foizga yetkazildi. Joriy yilda 4 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirganmiz. Biz faqat xom ashyoni eksport qilganimizda, taxminan 600-700 million dollar eksport qilganmiz”, — deya aniqlik kiritdi u.
Shuningdek, kon-metallurgiya tarmog‘i. O‘zbekistonning maqsadi xomashyo modelidan voz kechish va to‘laqonli qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish: qazib olishdan tayyor komponentlargacha.
“Bu yo‘nalishda Rossiyaning metallurgiya va mashinasozlik korxonalari bilan kooperatsiya muhim ahamiyatga ega. Bizning portfelimizda ham ushbu yo‘nalishda salmoqli loyihalar to‘plami mavjud”, — dedi u.
Jamshid Xo‘jayev quyidagilarni ma’lum qildi:
Elektrotexnika sanoati. O‘zbekistonda o‘tgan yili 2,4 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Agrokompleks va oziq-ovqat sanoati. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, 10 milliard dollardan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.
Avtomobil sanoati. O‘tgan yili qariyb 400 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi qariyb 8 milliard dollarga teng.
Rossiya Federatsiyasi bilan sanoat kooperatsiyasi doirasida har yili qo‘shma kooperatsiya mahsulotlari ulushini oshirishga intilamiz. Rossiyalik hamkasblarimiz bilan bu yo‘nalishda ham uchinchi davlatlardan import o‘rnini bosishga, ham uchinchi davlatlarga eksport qilishga harakat qilyapmiz.
“Biz O‘zbekistonda nafaqat yangi sanoat tarmoqlarini barpo etmoqdamiz, balki hamkorlarimiz bilan birgalikda mamlakatimizda yangi sanoat arxitekturasini shakllantirishda sherik bo‘lishni taklif etamiz. Ishonch, amaliy sheriklik va teng huquqli muloqot orqaligina hududlarda sanoatning barqaror o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash mumkinligiga ishonamiz”, — deya qayd etdi Xo‘jayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston ochiq, ishonchli va qo‘shma biznesga tayyor.