Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyevga qurol yetkazib berish jangovar harakatlarni davom ettirishga qaratilgan — Peskov

© Sputnik / Sergey GuneyevDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2025
Obuna bo‘lish
Peskov jurnalistlar bilan suhbatda Yevropa davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etayotgani haqida ham gapirdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya Ukraina tomonining tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ehtimoliy uchrashuv sanalari bo‘yicha takliflarini kutmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Peskovga Ukraina bilan keyingi muzokaralar sanasini kelishishda oldinga siljish bor-yo‘qligi haqida savol berildi.
“Yo‘q. Prezident o‘tgan hafta aytganidek, biz kutapmiz, Ukraina tomonining ehtimoliy sanalar bo‘yicha takliflarini kutapmiz. Sanalar kelishib olingach, umid qilamizki, bu amalga oshadi, biz bu haqda darhol xabar beramiz”, — dedi Dmitriy Peskov.
U shuningdek, Yevropa davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishda davom etayotgani haqida ham gapirdi.
"Aniqki, (qurol-yarog‘ - tahr.) yetkazib berish davom etmoqda, bu bizga tushunarli. Yevropaliklar ham Ukrainani qurol-yarog‘ bilan to‘ldirishda faol ishtirok etayotgani aniq”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
"Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish harakatlari tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan urinishlar emas. Ya’ni, bu holatda yevropaliklar tanlagan yo‘nalish aynan jangovar harakatlarni davom ettirishga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan", deya aniqlik kiritdi u.
Shuningdek, Peskov o‘z so‘zida qaysi holatda mamlakat do‘stona bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatidan chiqarilishini aytib o‘tdi.

"Bu (Rossiyaga nisbatan nodo‘stona - tahr.) harakatlar to‘xtatilgandan so‘ng, ikki tomonlama munosabatlarni tiklash bosqichi boshlangandan so‘ng, bunday ro‘yxatni qayta ko‘rib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi mumkin”, — dedi u RIA Novostining Rossiya uchun do‘stona bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish mumkinmi, degan savoliga javoban.

Matbuot kotibi RIA Novostining AQShni Rossiya uchun do‘stona bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash mumkinmi, degan savoliga javob berdi.
"O‘ylaymizki, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni qayta tiklash, iqtisodiyot, o‘zaro investitsiyalar, savdo va boshqa sohalarda ko‘plab loyihalarni ishga tushirish uchun juda keng imkoniyatlar mavjud. Shu bilan birga, ushbu loyihalar ikki mamlakat biznes vakillari tomonidan haqiqatan ham talabga ega va ikki mamlakat biznesiga katta foyda keltirishi mumkin", — deya qayd etdi u.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Nima uchun AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin — Peskov javobi
Yangiliklar lentasi
0