Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: Namangan viloyatini qanday yangi loyihalar kutmoqda?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDolojeno o dostignutix rezultatax i novix proyektax v Namanganskoy oblasti
Dolojeno o dostignutix rezultatax i novix proyektax v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida ishlar va loyihalar ijrosiga qaratilgan hisobot bilan tanishdi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Namangan viloyatidagi 55 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi, hududlardagi ishlarning borishi va loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, bu yil 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 1 milliard dollar eksport qilish, 323 ming ish o‘rni yaratish, 55 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

“Bunda eng katta zamin – kichik biznes va tadbirkorlik. Namanganda mehnatga layoqatli aholini 82 foizi shu sohada ro‘zg‘or tebratayapti”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, yil boshidan beri viloyatga qariyb 1 milliard 600 million dollar investitsiya kiritilgan. Lekin buning katta qismi Namangan shahri va markaziy tumanlarga to‘g‘ri kelib, Mingbuloq, Norin, Uychi va Chortoqda ham sarmoyalarni ko‘paytirish kerak.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDolojeno o dostignutix rezultatax i novix proyektax v Namanganskoy oblasti
Dolojeno o dostignutix rezultatax i novix proyektax v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2025
Dolojeno o dostignutix rezultatax i novix proyektax v Namanganskoy oblasti
Namangan viloyatida ham mutaxassislar, ilg‘or tadbirkorlar va xorijiy ekspertlardan iborat “Islohotlar shtabi” ish boshladi. Ular birgalikda izlangani uchun yana 1 milliard dollarlik loyihalar shakllandi.
“Yig‘ilishda mutasaddilar ana shu yangi imkoniyatlarni taqdimot qildi. Qayd etilganidek, ularning natijasida jami 12 ming ish o‘rni, budjetga qo‘shimcha 200 milliard so‘m tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Masalan, Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish, Mingbuloqda o‘rdakchilikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Davlat rahbari bu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda viloyatda 55 ming ishsiz aholi, 44 ming kambag‘al oila bor. Ularni kasbga yo‘naltirib, ish topishiga ko‘maklashish, o‘z uyida daromad manbai yaratish vazifasi qo‘yildi.
V Namanganskoy oblasti na reke Norin vozvodat 6 GES obshey moshnostyu 228 MVt.   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2025
Namanganda “Norin GESlar kaskadi” qurilmoqda — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0