https://oz.sputniknews.uz/20250707/jazirama-tez-yordam-bemor-murojaat-50386227.html
Jazirama kunlarda “103” xizmatiga qancha bemor murojaat qildi — SSV javobi
Jazirama kunlarda “103” xizmatiga qancha bemor murojaat qildi — SSV javobi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika tez tibbiy yordam markazi: anomal issiqda ehtiyot choralarini ko‘rish to‘g‘risida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni kamaygan. 07.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-07T13:31+0500
2025-07-07T13:31+0500
2025-07-07T13:31+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jazirama
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48346328_0:0:3640:2048_1920x0_80_0_0_40a01379cb5cf97c6cc695f8793b2f5f.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Jazirama ob-havo sharoitida “103” xizmatiga 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2-5 iyul kunlari O‘zbekistonga janubdan juda issiq ob-havo oqimlari kirib kelishi natijasida anomal issiq kuzatildi. Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurovning so‘zlariga ko‘ra, bunday paytda, eng avvalo, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi. Aytilishicha, internet orqali fuqarolarga anomal issiq havo sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish to‘g‘risida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni 24-29 iyunga nisbatan 1,2 foizga kamaydi. Xabarda vazirlik zarurat bo‘lmasa, aholidan jazirama payti tashqariga chiqmaslikni tavsiya etdi. Shuningdek, tez-tez suyuqlik ichish, imkon qadar yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish qayd etildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48346328_455:0:3186:2048_1920x0_80_0_0_d16ba857a36b7985a328c4a1ca28eb26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, jazirama, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, o‘zbekiston, jazirama, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Jazirama kunlarda “103” xizmatiga qancha bemor murojaat qildi — SSV javobi
Respublika tez tibbiy yordam markazi: anomal issiqda ehtiyot choralarini ko‘rish to‘g‘risida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni kamaygan.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Jazirama ob-havo sharoitida “103” xizmatiga 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2-5 iyul kunlari O‘zbekistonga janubdan juda issiq ob-havo oqimlari kirib kelishi natijasida anomal issiq kuzatildi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurovning so‘zlariga ko‘ra, bunday paytda, eng avvalo, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi.
“O‘tgan haftada, ya’ni anomal issiq kuzatilgan davrda respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushdi. Ularning 172 ming 676 tasini shoshilinch ko‘rsatma, 65 ming 163 tasini esa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi”, — deya qayd etdi Abduvoitjon Gafurov.
Aytilishicha, internet orqali fuqarolarga anomal issiq havo sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish to‘g‘risida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni 24-29 iyunga nisbatan 1,2 foizga kamaydi.
Xabarda vazirlik zarurat bo‘lmasa, aholidan jazirama payti tashqariga chiqmaslikni tavsiya etdi. Shuningdek, tez-tez suyuqlik ichish, imkon qadar yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish qayd etildi.