https://oz.sputniknews.uz/20250707/eoii-mamlakat-qishloq-xojalik-sifat-50388152.html
YeOII mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi — YeIK
YeOII mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi — YeIK
Sputnik O‘zbekiston
Bu yerda gap zamonaviy raqamli yechimlar haqida bormoqda. 07.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-07T15:18+0500
2025-07-07T15:18+0500
2025-07-07T15:18+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0c/45139957_0:69:1352:830_1920x0_80_0_0_872f5504753f20d3244fb31ccf58819f.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi. Goar Barsegan Volgogradda bo‘lib o‘tgan Butunrossiya dala kuni-2025 "O‘sish vazifalari: Rossiya o‘simlikshunosligi samaradorligini oshirish" yalpi majlisida nutq so‘zladi. O‘simlikshunoslikda, shu jumladan zamonaviy raqamli yechimlar - uchuvchisiz texnologiyalar, raqamli monitoring va robotlashtirish orqali samaradorlikni oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Ishbilarmonlik dasturi doirasida Barsegan Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut bilan uchrashdi. Ular YeOII davlatlari o‘rtasida agrosanoat majmuasi sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi. Qayd etilishicha, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlash zarur. Tomonlar agrosanoat majmuasidagi kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishga tushirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga e’tibor qaratishga kelishib olishdi. Goar Barsegan qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, Ittifoq doirasida umumiy agrar bozorni tartibga solish bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish uchun kelishilgan harakatlar muhimligini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0c/45139957_76:0:1276:900_1920x0_80_0_0_0d6d04ef93d656b49eeff8b260eec7ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, qishloq xo‘jaligi
yeoii, yeik, qishloq xo‘jaligi
YeOII mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi — YeIK
Bu yerda gap zamonaviy raqamli yechimlar haqida bormoqda.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi.
Goar Barsegan Volgogradda bo‘lib o‘tgan Butunrossiya dala kuni-2025 "O‘sish vazifalari: Rossiya o‘simlikshunosligi samaradorligini oshirish" yalpi majlisida nutq so‘zladi. O‘simlikshunoslikda, shu jumladan zamonaviy raqamli yechimlar - uchuvchisiz texnologiyalar, raqamli monitoring va robotlashtirish orqali samaradorlikni oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
"Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sifat o‘zgarishlari arafasida turibdi. Agrar bozorni raqamli modelga aylantirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadal rivojlantirish vositalaridan biridir. Aynan shu yo‘nalishda YeIK va milliy hukumatlarning sa’y-harakatlari jamlangan”, — dedi vazir.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida Barsegan Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut bilan uchrashdi.
Ular YeOII davlatlari o‘rtasida agrosanoat majmuasi sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi. Qayd etilishicha, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlash zarur.
Tomonlar agrosanoat majmuasidagi kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishga tushirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga e’tibor qaratishga kelishib olishdi.
"Agrosanoat majmuasida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish, texnologik jihatdan takomillashtirish, davlatlararo savdo-iqtisodiy aloqalar va o‘zaro investitsiyalarni ko‘paytirishga xizmat qiladi", — dedi YeIK rahbari.
Goar Barsegan qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, Ittifoq doirasida umumiy agrar bozorni tartibga solish bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish uchun kelishilgan harakatlar muhimligini ta’kidladi.