https://oz.sputniknews.uz/20250707/abiturient-test-sinov-14-iyul-50389945.html
Rasman: abituriyentlar uchun test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi
Rasman: abituriyentlar uchun test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi, deya xabar berdi Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati.
2025-07-07T17:40+0500
2025-07-07T17:40+0500
2025-07-07T17:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
test sinovlari
abituriyent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26991444_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_8f1f1f09d3398cc6de14fdae3f31ee1f.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. 2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi, deya xabar berdi Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250707/qabul-2025-abiturient-ruxsatnoma-50381900.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/26991444_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e4278fa5cdebedac898454e98f052ee7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinov 14-iyuldan bilim va malakalarni baholash agentligi oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinov 14-iyuldan bilim va malakalarni baholash agentligi
oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinov 14-iyuldan bilim va malakalarni baholash agentligi oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinov 14-iyuldan bilim va malakalarni baholash agentligi
Rasman: abituriyentlar uchun test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi
Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. 2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi, deya xabar berdi Bilim va malakalarni baholash agentligi
matbuot xizmati. "2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi", — deyiladi xabarda.
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.
"Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi", — deya qayd etilgan xabarda.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.