Samarqandda Butunjahon turizm alyansining “Ipak yo‘li muloqoti” bo‘lib o‘tdi
© Komitet turizmaV Samarkande sostoyalos Dialog Vsemirnogo turisticheskogo alyansa "Sholkoviy put"

© Komitet turizma
Obuna bo‘lish
Tadbir “Ipak yo‘li muloqoti orqali yaxshi kelajak qurish” shiori ostida o‘tkazildi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Samarqandda jahon sayyohlik taqvimining eng muhim voqeasi – Butunjahon turizm alyansining “Ipak yo‘li muloqoti” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda BMT Turizm bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev va Butunjahon turizm alyansi raisi Chjan Suy, shuningdek, 250 dan ortiq delegat - rasmiylar, xalqaro tashkilotlar, sayyohlik uyushmalari vakillari, soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
© Komitet turizmaV Samarkande sostoyalos Dialog Vsemirnogo turisticheskogo alyansa "Sholkoviy put"

V Samarkande sostoyalos Dialog Vsemirnogo turisticheskogo alyansa "Sholkoviy put"
© Komitet turizma
Forumning majlislari va sessiyalari sohaning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlandi: Xitoy va Markaziy Osiyo sayyohlik bozorlarining rivojlanish yo‘nalishlari, Ipak yo‘li yo‘nalishlarida turizmning yangi imkoniyatlari, raqamli targ‘ibot strategiyalari, shuningdek, mintaqa mamlakatlari uchun o‘ziga xos sayyohlik mahsulotlarini yaratish.
Tadbir “Ipak yo‘li muloqoti orqali yaxshi kelajak qurish” shiori ostida o‘tkazilib, rasmiy majlislar va madaniy dasturlarni, jumladan “Xanchjou kechasi” nomli kechki taqdimotni o‘z ichiga oldi.
“Forum tadbirlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonning tanlanishi bejiz emas: mamlakat Xitoy va boshqa BMT davlatlari bilan hamkorlikni faol rivojlantirib, siyosiy, iqtisodiy va insonparvarlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Samarqanddagi muloqot bozorlarni chuqurroq o‘rganish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va xalqaro almashinuvni kuchaytirish uchun kuchli turtki bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
© Komitet turizmaV Samarkande sostoyalos Dialog Vsemirnogo turisticheskogo alyansa "Sholkoviy put"

V Samarkande sostoyalos Dialog Vsemirnogo turisticheskogo alyansa "Sholkoviy put"
© Komitet turizma
2017 yilda Xitoyning Chendu shahrida tashkil etilgan Butunjahon turizm alyansi 45 mamlakatdan 259 a’zoni birlashtiradi. Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tashkilot turizmni barqaror rivojlantirish, hayot sifatini yaxshilash va global o‘zaro tushunish kuchi sifatida targ‘ib qilishga intiladi.