O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLideri Uzbekistana i Pakistana obsudili voprosi prakticheskoy realizatsii dogovorennostey na visshem urovne
Lideri Uzbekistana i Pakistana obsudili voprosi prakticheskoy realizatsii dogovorennostey na visshem urovne  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Turli darajalardagi muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on temir yo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Prezident prinyal ispolnyayushego obazannosti zamestitelya Premyer-ministra Afganistana po ekonomicheskim voprosam Mullu Abdul Gani Baradara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0