Chigirtkaga qarshi kurash tizimi raqamlashtirildi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bugungi kunda 549 ming gektarda chigirtkaga qarshi kimoviy ishlov o‘tkazilgan.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurash tizimi raqamlashtirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i Bahodir Xudoyqulov Sputnik matbuot markazida ma’lum qildi.

"Bu tizim faqat mavsumda emas, yil davomida ishlaydi degani. Mutaxassislar chigirtka qachon chiqadi, qayerga tuxum qo‘yadi, joyini aniqlab, keyingi yil chigirtkalar qaysi hududlarda bo‘lishini prognoz qiladi. Tizim yordamida aniq koordinatalar belgilanadi va o‘sha yerga ishlov beriladi", - dedi Xudoyqulov.

Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, bugungi kunda 549 ming gektarda chigirtkaga qarshi kimoviy ishlov o‘tkazilgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlariga talafot yetkazmasdan, qarshi kurash ishlari bajarilgan.
Yangiliklar lentasi
0