Rossiya konsuli Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari va bosh muharrir bilan uchrashdi

© Blijnee Zarubejye/TelegramKonsul Rossii vstretilsya s glavoy redaksii Sputnik Azerbaydjan i shef-redaktorom
Konsul Rossii vstretilsya s glavoy redaksii Sputnik Azerbaydjan i shef-redaktorom
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ular dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlangan.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Rossiya konsuli Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov bilan uchrashdi, deya xabar berdi Sputnik Blijnee Zarubejye.

"Rossiya konsuli tahririyat rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov bilan uchrashdi, ular dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlangan, o‘zlarini ushbu vaziyatda imkon qadar yaxshi his qilishmoqda", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Sputnik Ozarbayjonning respublika fuqaroligiga ega bo‘lgan besh nafar xodimi ham mamlakatni tark etmaslik to‘g‘risidagi tilxat bilan qo‘yib yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon rasmiylari 30-iyun kuni "Rossiya segodnya" media guruhi tarkibiga kiruvchi Sputnik Ozarbayjon agentligida yetti kishini asossiz hibsga oldi. Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov to‘rt oyga hibsga olindi.
Generalniy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Sputnik Ozarbayjonning Bokuda faoliyatini davom ettirishi uchun sharoit yo‘q — Kisolev
Yangiliklar lentasi
0