O‘zbekiston va Qozog‘iston yirik musobaqalarga tayyorgarlikni birga olib borishi mumkin

© NOKUzbekistan i Kazaxstan vivodat sotrudnichestvo v sfere sporta na noviy uroven
Uzbekistan i Kazaxstan vivodat sotrudnichestvo v sfere sporta na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Obuna bo‘lish
Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari Olmaotada uchrauvlar o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston sport sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati Olmaotada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Qozog‘iston milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti — taniqli bokschi Gennadiy Golovkin hamda Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Kayrat Boranbayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda quyidagilar muhokama qilindi:
sport sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash;
terma jamoalar uchun qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish;
yirik musobaqalarga tayyorgarlikni birgalikda olib borish;
iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish;
infratuzilmani rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish.
© NOKUzbekistan i Kazaxstan vivodat sotrudnichestvo v sfere sporta na noviy uroven
Uzbekistan i Kazaxstan vivodat sotrudnichestvo v sfere sporta na noviy uroven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Uzbekistan i Kazaxstan vivodat sotrudnichestvo v sfere sporta na noviy uroven
Aytilishicha, mazkur tashrif ikki mamlakat sport aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0