Hujjatlar, bog‘ va yangi elchixona: Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi qanday o‘tmoqda?
09:18 03.07.2025 (yangilandi: 10:28 03.07.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti torjestvenno otkrili novoe zdanie posolstva Uzbekistana v Azerbaydjane

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonga davlat tashrifining birinchi kunida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Bokuda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qilishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPo itogam sostoyavshixsya v gorode Baku peregovorov Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev prinyali Reshenie vtorogo zasedaniya Visshego mejgosudarstvennogo soveta.

Po itogam sostoyavshixsya v gorode Baku peregovorov Shavkat Mirziyoyev i Ilxam Aliyev prinyali Reshenie vtorogo zasedaniya Visshego mejgosudarstvennogo soveta.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi:
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
2025-2026 yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
2030 yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;
2025-2027 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
2025-2027 yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, Bokuda "O‘zbekiston" bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan "Oq shahar" mavzesidan o‘rin oldi. Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi.
Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berishdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezidentlar O‘zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.
Elchixona zallari O‘zbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Prezident xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog‘ nomini berishni taklif etdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/3
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida "Sea Breeze" dam olish majmuasi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif chog‘ida Kaspiy dengizining g‘arbiy sohilidagi ushbu yirik xalqaro sayyohlik markazi faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi.
Loyiha zamonaviy "Kaspiy rivyerasi"ga aylangan. Kurort qariyb 500 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 6,5 kilometrlik plyaj zonasi, 150 gektar maydonda yashil hududlar va dam olish obyektlari mavjud bo‘lib, 700 mingga yaqin daraxt va butalar ekilgan.