Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

AQSh va Yevropa Ukrainaning g‘alabasiga ishonmay qo‘ydi — Pushkov

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteFlagi Ukraini i SShA. Arxivnoe foto
Flagi Ukraini i SShA. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Obuna bo‘lish
Pushkovning aytishicha, Ukrainaning "g‘alabasi" haqida umuman gap bormayapti.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. AQSh va Yevropa Ukraina g‘alabasiga ishonmay qo‘ymoqda, deb yozdi Federatsiya Kengashining axborot siyosati bo‘yicha komissiyasi rahbari Aleksey Pushkov o‘zining Telegram-kanalida.

"G‘arbda Ukrainaning "g‘alaba nazariyasi"ni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishmoqda. Buni birinchi bo‘lib amalga oshirdi (AQSh prezidenti Donald - Tahr.). Kiyev umuman Rossiya bilan urush boshlamasligi kerak edi, degan Tramp", — deb yozdi u.

Shu bilan birga, Yevropa yetakchilari Oq uy xo‘jayiniga ergashib, Ukraina hech bo‘lmaganda qandaydir ssenariyda Rossiya ustidan g‘alaba qozonishi mumkinligi haqidagi g‘oyadan asta-sekin voz kecha boshlashdi.
Yaqinda yakunlangan NATOning Gaagadagi sammiti Ukraina hamkorlari Kiyev rejimiga va’da qilingan narsalarni bajarishga tobora kamroq tayyorligini yaqqol ko‘rsatdi, dedi senator.
"Endi G‘arb Rossiyaning uzil-kesil g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlamoqda. Ukrainaning "g‘alabasi" haqida umuman gap bormayapti", — deya xulosa qildi Pushkov.
Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, Ukraina tashqi boshqaruvga ega davlatga aylandi.
“Ukraina sobiq Ukraina prezidenti Potr Poroshenko va Vladimir Zelenskiyning sa’y-harakatlari bilan Rossiyaga qarshi plasdarm sifatida foydalanilgan tashqi boshqaruvga ega davlatga aylandi”, — deb yozadi u.
Deputatning ta’kidlashicha, "Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkazish" loyihasi sarflangan mablag‘ va maqsadlarni oqlamay, muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
"Rossiya takliflarini, jumladan, Ukraina tomoniga topshirilgan kelishuv memorandumini jiddiy ko‘rib chiqish vaqti keldi. Ular hali ham muzokaralar stolida", — deya xulosa qildi Sluskiy.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Nima uchun AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin — Peskov javobi
Yangiliklar lentasi
0