Telefon suhbati: Vladimir Putin Emmanuel Makron bilan nimalar haqida gaplashdi?

© Sputnik / Sergey GuneyevVladimir Putin i Emmanuel Makron
Vladimir Putin i Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2025
Obuna bo‘lish
Putin o‘z so‘zida Ukrainadagi mojaro G‘arb siyosatining bevosita oqibati ekanini eslatdi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Rossiya prezident Vladimir Putin qariyb uch yil ichida birinchi marta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Xabar matni Kreml saytida e’lon qilindi.
"Vladimir Putinning Emmanuel Makron bilan suhbati mazmunli xarakterga ega bo‘ldi", — deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Putin o‘z so‘zida Ukrainadagi mojaro G‘arb siyosatining bevosita oqibati ekanini eslatdi.
"G‘arb davlatlari <...> uzoq yillar davomida Rossiya xavfsizligi manfaatlarini e’tiborsiz qoldirdi, Ukrainada Rossiyaga qarshi plasdarm yaratdilar, rusiyzabon aholining huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yishdi, endi esa Kiyev rejimini turli zamonaviy qurollar bilan ta’minlab, jangovar harakatlarni cho‘zish yo‘lini tutishmoqda", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiya Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha mumkin bo‘lgan kelishuvlarga prinsipial yondashuvlarni tasdiqlaydi. Ular uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lishi, birlamchi sabablarni bartaraf etishni ko‘zda tutishi va reallikka tayanishi lozim.
Shuningdek, davlat rahbarlari Eron-Isroil qarama-qarshiligi va AQShning Eron yadroviy obyektlariga zarbalarini muhokama qilishdi.
Putin va Makron Rossiya va Fransiyaning Yaqin Sharqda tinchlikni saqlash va yadroviy tarqatmaslik rejimini saqlab qolishdagi mas’uliyatini qayd etdi.
Ular Tehronning tinch atomga bo‘lgan qonuniy huquqini hurmat qilish va MAGATE bilan hamkorlikni o‘z ichiga olgan Yadro shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda davom etish muhimligini ta’kidlashdi.
Yetakchilar Eron dasturi atrofidagi inqirozni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanliklarini bildirishdi.
“Ular Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish uchun aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Yelisey saroyining qo‘shimcha qilishicha, Makron Rossiya rahbari bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida.
Glavi MID RF S. Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
G‘arb Rossiyaga strategik mag‘lubiyat keltira olmasligini fahmlay boshladi — Lavrov
Yangiliklar lentasi
0