Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga boradi — tashrif dasturi

© AP Photo / Sergei GritsObshiy vid goroda s neboskrebami Flame Towers na zadnem plane v Baku
Obshiy vid goroda s neboskrebami Flame Towers na zadnem plane v Baku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2025
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturiga muvofiq, Bokuda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Bokuda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
"O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti 4-iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
V Xive proxodit Perviy uzbeksko-azerbaydjanskiy mejparlamentskiy forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2025
Xivada O‘zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda
Yangiliklar lentasi
0