https://oz.sputniknews.uz/20250701/raketa-suniy-yoldosh-boylik-tramp-50282002.html
Raketalar, sun’iy yo‘ldoshlar uchirilmasa, mamlakatimiz boylikni tejagan bo‘lardi — Tramp
Raketalar, sun’iy yo‘ldoshlar uchirilmasa, mamlakatimiz boylikni tejagan bo‘lardi — Tramp
Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp departamentga Ilon Maskni tekshirishni taklif qildi. 01.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-01T14:00+0500
2025-07-01T14:00+0500
2025-07-01T14:00+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
donald tramp
ilon mask
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0c/46568550_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_f1ba7b08a70230d66e7273922be61394.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida Davlat samaradorligi departamentiga (DOGE) tadbirkor Ilon Maskni tekshirishni taklif qildi. Oq uy rahbari Maskning prezidentga yangi tanqidlaridan so‘ng shunday taklif bilan chiqdi. Xususan, kuni kecha milliarder Tramp ilgari surayotgan xarajatlar va soliqlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini yana bir bor tanqid qilib, uni siyosiy o‘z joniga qasd qilish deb atadi. Yakshanba kuni AQSh senati "Bitta katta chiroyli bill" (The Big Beautiful Bill) deb nomlanuvchi qonun loyihasi bo‘yicha 20 soatlik debatni boshladi. Kongress quyi palatasi uni may oyidayoq ma’qullagan edi. Qonun loyihasi federal xarajatlarni kamaytirishi va amerikaliklarga jiddiy soliq imtiyozlari berishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Kongressning budjet boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi o‘n yil ichida milliy qarzning 3,3 trillion dollarga oshishiga va 12 millionga yaqin odamning tibbiy sug‘urtadan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mask bu hujjatni bir necha bor tanqid qilgan. Uning fikricha, budjet taqchilligi 2,5 trillion dollargacha o‘sadi, fuqarolar esa qarzga botadi. Shu bilan birga, tahlilchilarning fikricha, agar Kongressdagi respublikachilar va demokratlar davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha kelishib olmasa, AQSh avgust oyiga kelib defolt yoqasiga kelib qolishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0c/46568550_98:0:674:432_1920x0_80_0_0_4e8b239d252b08d259e815e72a50aaa0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, donald tramp, ilon mask
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, donald tramp, ilon mask
Raketalar, sun’iy yo‘ldoshlar uchirilmasa, mamlakatimiz boylikni tejagan bo‘lardi — Tramp
Donald Tramp departamentga Ilon Maskni tekshirishni taklif qildi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘ida Davlat samaradorligi departamentiga (DOGE) tadbirkor Ilon Maskni tekshirishni taklif qildi.
"Raketalar, sun’iy yo‘ldoshlar uchirilmasa yoki elektromobillar ishlab chiqarilmasa, mamlakatimiz ham boylikni tejagan bo‘lardi. Balki DOGE bunga yaxshilab va diqqat bilan qarashi kerakdir", — deb yozdi u.
Oq uy rahbari Maskning prezidentga yangi tanqidlaridan so‘ng shunday taklif bilan chiqdi. Xususan, kuni kecha milliarder Tramp ilgari surayotgan xarajatlar va soliqlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini yana bir bor tanqid qilib, uni siyosiy o‘z joniga qasd qilish deb atadi.
Yakshanba kuni AQSh senati "Bitta katta chiroyli bill" (The Big Beautiful Bill) deb nomlanuvchi qonun loyihasi bo‘yicha 20 soatlik debatni boshladi. Kongress quyi palatasi uni may oyidayoq ma’qullagan edi.
Qonun loyihasi federal xarajatlarni kamaytirishi va amerikaliklarga jiddiy soliq imtiyozlari berishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Kongressning budjet boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi o‘n yil ichida milliy qarzning 3,3 trillion dollarga oshishiga va 12 millionga yaqin odamning tibbiy sug‘urtadan mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Mask bu hujjatni bir necha bor tanqid qilgan. Uning fikricha, budjet taqchilligi 2,5 trillion dollargacha o‘sadi, fuqarolar esa qarzga botadi. Shu bilan birga, tahlilchilarning fikricha, agar Kongressdagi respublikachilar va demokratlar davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha kelishib olmasa, AQSh avgust oyiga kelib defolt yoqasiga kelib qolishi mumkin.