OIIB O‘zbekistonga 71,1 mln dollarlik kredit ajratdi — mablag‘ nimalarga sarflanadi?

© Aziatskiy bank infrastrukturnix investitsiy ABII i Uzbekistan dogovorilis o poetapnom finansirovanii modernizatsii dorog v Xorezme i Karakalpakstane
ABII i Uzbekistan dogovorilis o poetapnom finansirovanii modernizatsii dorog v Xorezme i Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2025
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida mahalliy yo‘llarni rekonstruksiya qilinadi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida mahalliy yo‘llarni rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha 71,1 million dollarlik kredit kelishuvini imzoladi, deya xabar berdi bank matbuot xizmati.
OIIB 10-yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va bank o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida mahalliy yo‘llar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 71,1 million dollar miqdoridagi kredit bo‘yicha muzokaralarni yakunladi.
Mazkur kredit OIIB prezidenti tomonidan tasdiqlanishi rejalashtirilayotgan jami 173,4 million dollar hajmidagi ikki bosqichli moliyalashtirish dasturining birinchi qismi bo‘lishi kutilmoqda.
“Ushbu loyiha orqali Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida iqlimga chidamli va inklyuziv yo‘l-transport tarmog‘i rivojlantiriladi, aholi uchun bozorlar va ijtimoiy xizmatlarga yetib borish imkoniyatlari kengaytiriladi”, — deyiladi xabarda.
Moliyalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich - Xorazm viloyatidagi eng ustuvor qishloq yo‘llarini rekonstruksiya qilish;
Ikkinchi bosqich - Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qishloq yo‘llarini ta’mirlash va modernizatsiyalashtirish.
“Ushbu bosqichli yondashuv O‘zbekiston hukumati uchun budjet mablag‘larini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, milliy infratuzilma rivojlantirish bo‘yicha ustuvorliklarni moslashtirish va loyihani samarali amalga oshirish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, OIIB har bir bosqichda loyihani monitoring qilish, institut salohiyatini mustahkamlash hamda ilgari olingan tajribalardan foydalanish orqali qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Loyiha bo‘yicha OIIB prezidenti tomonidan kredit ajratilishi 2025-yilning uchinchi choragida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) 2016-yilda faoliyat boshlagan va bugungi kunda 110 ta a’zo mamlakatga ega bo‘lgan xalqaro moliya institutidir. Bank 100 milliard dollar ustav kapitaliga ega.
Yangiliklar lentasi
0