“Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi — yangi farmon

© Unsplash/JESHOOTS.COMBiznesmen v ofise rabotayet za kompyuterom.
Biznesmen v ofise rabotayet za kompyuterom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2025
Obuna bo‘lish
2026 yildan boshlab pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Prezidentning “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari belgilandi.
Jumladan:
g‘aznachilik va pensiya ta’minoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;
fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.
2026 yil 1-dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:
fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;
pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2025
Oyliklar 1-iyuldan oshiriladi — yangi farmon
Yangiliklar lentasi
0