https://oz.sputniknews.uz/20250701/mahalliy-parvoz-elektron-hujjat-royxat-50281198.html
Ichki reyslarga elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi
Ichki reyslarga elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti, mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kiradi. Shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.
2025-07-01T12:07+0500
2025-07-01T12:07+0500
2025-07-01T12:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
aviaparvozlar
aeroport
hujjatlar
ro‘yxatdan o‘tish
uzbekistan airports
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/01/23715598_130:43:3077:1700_1920x0_80_0_0_2a1f5f0697efada02e7be192bd6553f6.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Endi mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlar uchun ro‘yxatdan o‘tishga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar berdi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti, mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kiradi. Shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi. Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining "skrinshot"lari qabul qilinmaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/01/23715598_310:0:3041:2048_1920x0_80_0_0_167465fa3966697ccd0059f19895c283.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
lektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish
lektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish
Ichki reyslarga elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tish osonlashdi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Endi mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlar uchun ro‘yxatdan o‘tishga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati
xabar berdi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron shaklidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti, mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kiradi. Shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.
“Faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining "skrinshot"lari qabul qilinmaydi.