Ozarbayjon IIV Sputnik agentligining Bokudagi ofisida “operatsiya” o‘tkazmoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishLogo mejdunarodnogo informatsionnogo agentstva i radio Sputnik
Logo mejdunarodnogo informatsionnogo agentstva i radio Sputnik  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2025
Obuna bo‘lish
Moskvadagi Sputnik agentligi RIA Novostiga tahririyat bilan aloqa yo‘qligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ozarbayjon ichki ishlar vazirligi Sputnik agentligining Bokudagi ofisida “operatsiya” o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bino politsiyachilar bilan o‘rab olingan. Tahririyat hali ham Moskva bilan aloqada emas. Xodimlar bilan bog‘lanib bo‘lmayapti. Ular qo‘ng‘iroqlarga javob berishmayapti.
Moskvadagi Sputnik agentligi RIA Novostiga tahririyat bilan aloqa yo‘qligini ma’lum qildi.

“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Bokudagi elchixonamiz xodimlari hozirda "maxsus operatsiya" o‘tkazilayotgan "Sputnigimiz" ofisiga jo‘nab ketishgan. Xodimlar aloqaga chiqmayapti - aftidan, telefondan foydalanish imkoniyati yo‘q. Ular orasida Rossiya fuqarolari ham bor”, — deb yozadi “Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan o‘zining Telegram-kanalida.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, politsiya Sputnik Ozarbayjon ofisiga ish joyida bo‘lmagan barcha agentlik xodimlarini chaqirtirgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova RIA Novostiga Sputnik’ning Bokudagi ofisi bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Rossiya elchixonasi sodir bo‘layotgan voqealar haqida Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga ma’lumot berganini aytdi - javob yo‘q.
"Bokudagi rossiyalik diplomatlar ikki soatdan ortiq vaqt davomida Rossiya fuqarolari bo‘lgan jurnalistlar bilan bog‘lana olmayotganidan xavotirda", — dedi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi xodimlari rossiyalik jurnalistlar yoniga qo‘yilmayapti, bunday harakatlarning sabablari haqida ma’lumot berilmayapti.
Yangiliklar lentasi
0